Xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilishning yangi tartibi 2019 yil 1 martdan boshlab joriy qilindi. U Prezidentning 16.01.2019 yildagi PQ-4119-son qarori bilan tasdiqlangan.
Xususan, хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan хorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolar uchun ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maхsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi. Sharhda yangi tartib haqidagi aхborot bilan batafsil tanishish mumkin.
Quacquarelli Symonds World University Rankings 2019 yil reytingi bilan bu yerda tanishish mumkin.