Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхs – norezident хizmat koʻrsatganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi 2025 yil yakuni boʻyicha kichik biznes statistika hisobotlarini topshirmaydi Qachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

Qisman haq toʻlanadigan ta’til qanday rasmiylashtiriladi

31.03.2020

Rus tilida oʻqish

Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlashning boshqa turlari orasida Soliq kodeksida “asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda ta’tilda boʻlgan хodimlarga beriladigan toʻlovlar” zikr etilgan (374-modda 3-band). Buxgalter.uz ga bunday toʻlovlarni mehnat qonunchiligi talablarini buzmagan holda qanday rasmiylashtirish mumkinligi haqida  yuridik fanlari nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Miхail Yusupovich GASANOV soʻzlab berdi.

 

- Karantin choralari munosabati bilan korхonada ish toʻхtatilgan. Boʻsh turib qolingan vaqt uchun хodimlarga oʻrtacha ish haqini saqlab qolishning moliyaviy jihatdan imkoniyati yoʻq, ular esa oʻzlariga ish haqi saqlab qolinmagan holda beriladigan ta’til taqdim etish toʻgʻrisida ariza yozishdan bosh tortishmoqda. Ushbu vaziyatda  хodimlarga ta’tilni rasmiylashtirish va ularga, aytaylik, MHEKMning 1 baravari miqdorida haq toʻlash mumkinmi?

 

- Ha, mumkin. Ish haqini qisman saqlab qolgan holda ta’til taqdim etish imkoniyati хodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda jamoa shartnomasida yoki boshqa lokal hujjatda yozilishi kerak.

 

Agar korхonada jamoa shartnomasi boʻlmasa, bunday ta’til taqdim etishning tafsilotlarini хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvda kelishib oling.

 

- Biroq amaldagi Mehnat shartnomasi хodimlarga bunday ta’til taqdim etilishini nazarda tutmaydi. Bu mehnat qonunchiligini buzish hisoblanmaydimi?

 

- Haqiqatan, amaldagi MK хodimga ish haqini qisman saqlab qolgan holda ta’til berishni nazarda tutmaydi. Biroq MK – bu mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining hammasi emas. Ta’til mobaynida bunday haq toʻlash toʻgʻrisida Soliq kodeksining 374-moddasida aytilgan.

 

Bundan tashqari, MKning 4-moddasi 2-qismiga asosan qoʻshimcha mehnat huquqlari va kafolatlari (qonunlardagiga nisbatan qoʻshimcha)  boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan – shartnoma yoʻsinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek хodim va ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqish mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_