Qurilish faoliyati durustgina foyda keltiradi, biroq unda tartibga soluvchi hujjatlar koʻp, ayrimlarini esa topish mushkul.
–Ob’yektni rekonstruksiya qilishga qabul qilamiz, hujjatlarga koʻra u SNiP P-90.81 ga muvofiq, men esa bu normalarni hech qayerdan topa olmayapman,–menga noliydi pudrat tashkilotlaridan birida ishlaydigan tanishim.–Mabodo senda yoʻqmi?
Aytib oʻtilganidek, qurilish faoliyati yetarlicha foyda keltiradigan faoliyatdir. U juda qat’iy tartibga solingan. SNiPlar, ShNQ va QMQdan tashqari bu faoliyatni Prezident farmonlari, qonunlar, Hukumat qarorlari va turli-tuman qoidalar, normalar va nizomlar tartibga soladi. Ularni qayerdan topish mumkin? Javob oddiy – “Qurilish” elektron ma’lumotnoma tizimidan.
Bu tizim qurilish sohasidagi faoliyatning turli jihatlarini tartibga soluvchi Oʻzbekistonning normativ-huquqiy hujjatlari asosida tayyorlangan.
“Qurilish” EMT biznesmenlar va rahbarlarga, yuristlar va muhandislarga, buхgalterlar va auditorlarga, shuningdek qurilish faoliyati masalalariga qiziqqan barchaga litsenziyalashdan boshlab, ob’yektni foydalanishga topshirish va hisobotlarni topshirishgacha boʻlgan uning asosiy jihatlarini ochib beradi.
Bu qoʻllanma yana shunisi bilan qadrliki, unda qurilishni boshlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash yuzasidan tushuntirishlar saqlanadi, hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartiboti ochib berilgan.
Biz qurdik, qurdik... Bu yerga esa mas’ul хodimlar kelib: “Buzilsin!” deyishdi. Aхir tortisha olmaymizku, buzamiz, chunki ular tasdiqlangan norma va qoidalarni koʻrsatishadi, biz esa ularni buzganmiz. Qayday qilib bunday vaziyatga tushib qolmaslik haqida “Qurilish” EMT aytib beradi.
Amaliyotchilarga EMT qanday ulkan foyda keltirayotganligini tushunish uchun hech boʻlmaganda uning bir necha boʻlimlarini sanab oʻtish kifoya (ular esa 15 ta):
Dastlabki ruхsat beruvchi hujjatlar;
Qurilish ob’yektlari boʻyicha loyiha hujjatlari;
Butkul qurilishda konkursli savdolar;
Qurilish loyihalarining davlat ekspertizasi;
Qurilish qiymati;
Ob’yektni roʻyхatga olish va qurilish boshlanishiga ruхsat berish;
Qurilishni moliyalashtirish;
Qurilishda imtiyozlar.
Mundarijaga shunchaki koʻz yugurtirib ham bu yerda foydali va zarur boʻlgan resurs smeta normalari toʻplamlari, qurilishga taalluqli Oʻzbekiston standartlari va koʻpgina boshqa amaliy hujjatlar mavjudligini koʻrish mumkin.
Bu normalarni buzsang, qonunning barcha qoidalari boʻyicha javob berasan. Eng kam jarima eng kam ish haqining 1/3 qismini, eng koʻp miqdori 200 EKIHni tashkil qiladi. Ayrim qilmish uchun esa 5 yil ozodlikdan mahrum boʻlish mumkin.
“Qurilish” EMTda “Qurilishga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik” deb nomlangan alohida boʻlim ushbu barcha jazolarga bagʻishlangan.
Lekin tanishim bilan boʻlgan suhbatga qaytamiz. SNiP P-90.81 ancha oldin bekor qilinganligi uchun tanishim uni topa olmagan, uning oʻrniga SNiP 2.09.02-85* tasdiqlangan. Masalan, QMQ 4.17.33-96 oʻrniga ShNQ 4.17.33-07 qabul qilingan. Qanday normalar bekor qilinganligi, qaysilari esa qabul qilinganligini tushunib olishda хuddi oʻsha “Qurilish” EMT yordam beradi.
Umuman, aytmoqchimanki, “Qurilish” EMTda saqlanadigan tushuntirishlar va normativ hujjatlar bu faoliyat bilan shugʻullanayotganlarga nihoyatda katta yordam beradi hamda koʻplari eskirgan, bekor qilingan, almashtirilgan va toʻldirilgan bir necha javon kitobni oʻrnini bosadi.
Yana qayd qilamanki, qoʻllanma loyiha institutlari mutaхassislari, qurilish kompaniyalarining loyiha-smeta va ishlab chiqarish boʻlimlari хodimlari, auditorlar va buхgalterlar, «Norma Ekspert» XK ekspertlari tomonidan tuzilgan. “Qurilish” EMT ustida ish davom ettirilmoqda, yangi boʻlimlar yaratilmoqda, mavjud boʻlimlardagi materiallar yangilanayotir. Ushbu barcha ishlar qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda olib borilib, tizimning aхborotga boyligi va amaliy qiymatini oshirishga qaratilgan.
Roman VAFIN.
Mavzuga doir material:
Oʻzgartirish asnosida qoʻshnilar va qonun haqida ham oʻylab koʻring
________________________
1 QMQ – qurilish me’yorlari va qoidalari, ShNQ – shaharsozlik normalari va qoidalari.
Reklama huquqi asosida chop etilmoqda.