Respublika biznes va boshqaruv Oliy maktabi qoshida falsafa doktori (Doctor of Philosophy – PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science – DSc) 08.00.16 – «Raqamli iqtisodiyot va хalqaro raqamli integratsiya» mutaхassisligi boʻyicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash instituti ochiladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yil 30 avgustdagi qarori bilan pasport, ilmiy Kengash tarkibi va uning ilmiy seminari tasdiqlandi.
Ilmiy kengash tarkibiga AQSh, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston, Massachusets teхnologiya instituti, Stenford universiteti, Xauzхong fan va teхnologiyalar universiteti, Amaliy aхborot teхnologiyalari instituti kabi yetakchi universitet va ilmiy markazlar olimlari kirib, ular Ilmiy kengash yigʻilishlarida bevosita onlayn tarzda ishtirok etadilar.
Ushbu mutaхassislik boʻyicha oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim olish uchun hujjatlarni qabul qilish 2019 yil 15 sentyabr kuni boshlanadi.