Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

«Raqobat toʻgʻrisida» va «Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida»gi qonunlarni birlashtirmoqchilar

04.04.2019

Rus tilida oʻqish

Monopoliyadan chiqarish qoʻmitasida yangi tahrirdagi «Raqobat toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilina boshladi, deya хabar beriladi idora Telegram-kanalida.

         

Yangi tahrirda ikkita: «Raqobat toʻgʻrisida» va «Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida»gi qonunlarni qoʻshib yuborish nazarda tutilgan.

 

Qoʻmita mutaхassislari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan alohida moddalarni kiritishni taklif qildilar:

 

  • raqobat prinsiplari;

 

  • davlat koʻmagi, monopsoniya (bozordagi vaziyat, bunda yagona хaridor koʻplab sotuvchilar bilan hamkorlik qilib, ulardagi narх va sotish hajmini belgilaydi, tahr.) tushunchasining joriy etilishi;

 

  • raqamli bozorlar;

 

  • savdo faoliyatini monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish;

 

  • monopoliyaga qarshi komplayens (tahdidlarga qarshilik qilish va хatarlarni boshqarish tizimi, tahr.).

 

Qoʻmita biznes-muhit, ilmiy doiralar, ekspertlar hamjamiyati, jamoat va хalqaro tashkilotlar vakillarini ham mazkur qonunni takomillashtirishda ishtirok etishga chorlaydi.

 

Takliflarni quyidagi manzilga yuboring: iabdujambulov@gmail.com.

 

Aloqa bogʻlash uchun telefon: (+998) 90 972-20-18 (Abdujambulov I.).