2020 yil 24 martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi barcha respublika ichidagi aviaqatnovlarni nomuayyan muddatga bekor qilishi haqida хabar beradi.
Aviakompaniya ushbu vaziyatni tushunishingizni soʻraydi, shuningdek qatnovlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptalaringizni istalgan sanaga bron qilish imkoniyati mavjudligi haqida eslatib oʻtadi.
Kompaniya oʻzgarishlar haqida uzairways.com saytida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda хabar beradi.