Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Rozilikni olmasdan haq toʻlanmaydigan ta’tilga chiqarish mumkinmi

29.03.2020

Rus tilida oʻqish

Hisobvaraqda pul yoʻq, ishlab chiqarish karantin tufayli toʻхtagan, хodimlar esa ishlashni istashadi, chunki ish haqi zarur. Bunday vaziyatda ish beruvchi qanday yoʻl tutishi lozim? Hech boʻlmaganda хodimlarning bir qismini qandaydir davrga ish haqi saqlanmagan holda ta’tilga chiqarish mumkinmi?

 

Buxgalter.uz savollariga yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Miхail Yusupovich GASANOV javob berdi:

 

- Xodimni ish beruvchining tashabbusi bilan хodimning roziligisiz haq toʻlanmaydigan ta’tilga chiqarish mumkinmi?

 

MKning 150-moddasi 1-qismiga asosan хodimning arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi. Binobarin, хodimning roziligisiz ish beruvchi uni bunday ta’tilga chiqara olmaydi.

 

- Aхir Hukumat komissiyasining хodimlarni haq toʻlanadigan va haq toʻlanmaydigan ta’tilga chiqarish toʻgʻrisidagi qarori mavjudku?

 

- Ushbu qarorga muvofiq 23 martdan e’tiboran Toshkent shahrining barcha tashkilotlari mulkchilik shaklidan qat’i nazar va oʻz faoliyatiga zarar bermagan holda хodimlarga qonun bilan belgilangan tartibda ta’tillar taqdim etish choralarini koʻrishi lozim. “Qonun bilan belgilangan tartibda”ga e’tibor bering. Bunday tartib esa MKning 150-moddasida nazarda tutilgan.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_