Majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladi, bir qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Ular jumlasida quyidagi qonunlar bor:
- “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaхshilashga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
- “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”;
- “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”.
Shuningdek, senatorlar Markaziy bankning 2022 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi.