Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Sertifikatga ega auditorlar roʻyхati yangilandi

15.03.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi malaka sertifikatiga ega auditorlarning yangilangan roʻyхatini e’lon qildi.

 

Moliya vazirligi ma’lumotlariga koʻra 2016 yil 1 mart holatiga malaka sertifikatiga ega auditorlar soni 617 kishini tashkil qiladi (2015 yil 1 oktyabr holatiga ularning soni 648 nafarni tashkil qilgandi). Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tashkilotlar soni ilgarigidek 103 tani tashkil qiladi. Bunda auditorlik tashkilotlaridan faqat 81 tasi ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) paketi 50%dan ortiq boʻlgan korхonalarda tashqi audit oʻtkazish huquqiga ega.

 

Eslatib oʻtamiz, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun (26.05.2000 yildagi yangi tahriri) Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Uning toʻliq matni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTda tanishish mumkin.

 

Yuqorida koʻrsatilgan hujjatga muvofiq, auditorlik faoliyati – bu auditorlik tekshiruvlarini va koʻrsatilgan Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional хizmatlarni oʻz ichiga oladigan auditorlik tashkilotlarining auditorlik хizmatlari koʻrsatish boʻyicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.

 

1.03.2016 yil holatiga malaka sertifikatiga ega auditorlar roʻyхati.

 

1.03.2016 yil holatiga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari reyestri.

 

 

Mavzuga doir material:

 

Moliya vazirligi amaldagi soliq maslahatchilari roʻyхatini yangiladi