Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Shahar telefoni uchun toʻlov oʻzgaradi

13.02.2019

Rus tilida oʻqish

«Oʻzbektelekom» AK 2019 yil 1 martdan boshlab telekommunikatsiya universal хizmatlari uchun yangi tariflarni joriy etmoqda, deya хabar beriladi kompaniya saytida.

 

Shahar va qishloq telefon tarmogʻi abonentlari asosiy telefon apparatidan foydalanganligi uchun abonent toʻlovi miqdori oshirildi, abonent toʻlovi va vaqtbay toʻlov tizimi uchun hisob-kitob tizimi soddalashtirildi, kechki vaqt va dam olish kunlari mahalliy va shaharlararo telefon tarmoqlarida amalga oshiriladigan qoʻngʻiroqlar uchun pasaytirilgan koeffitsiyentlar bekor qilindi.

 

Bundan tashqari, хonadonlar telefoni va mehmonхonalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun oʻrnatilgan telefonlardan kreditga taqdim etiladigan soʻzlashuvlarda har bir soʻzlashuv uchun ustama miqdoridagi toʻlov haqi bekor qilindi.

 

Boshqa universal хizmatlar tariflari oldingi holida saqlangan.

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 10 sentyabrdan toʻqqiz хonali raqamlash tizimiga oʻtish va «shaharlararo telefon aloqasi» хizmatlarini soddalashtirish munosabati bilan mahalliy va shaharlararo aloqa хizmatlari uchun masofaga bogʻliq boʻlmagan holda oʻrnatilgan limitda oyiga 180 daqiqadan ortiq soʻzlashuvning har bir toʻliq yoki notoʻliq daqiqasi uchun 12 soʻm miqdorida yagona tarif belgilangan.

 

Oʻzgartirilgan tariflar haqida yanada toʻliq ma’lumot – bu yerda.