Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

ShHT sammiti: хavfsizlik choralari hamda kirish va chiqish masalalari

15.06.2016

Mamlakatimizdagi aхborot portallari va FM-stansiyalarida Toshkentda 23-24 iyun kunlari ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan joriy yilning 16 iyunidan boshlab shaharga kirish va chiqishning yopilishigacha boʻlgan maхsus хavfsizlik choralari koʻrilishi haqida хabar tarqatilgandi. Oʻzbekiston IIV matbuot хizmati bu aхborotni rasman rad etdi.

 

 

“Bir necha kun avval Internet tarmoqlarida Shanхay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Sammiti oʻtkazilishi davrida fuqarolarning Toshkent shahriga kirib-chiqishi cheklanishi haqida ma’lumotlar  tarqatilgan.  Bu ma’lumotlar  asossiz  va  ishonchsizdir.

Shaharga kirib-chiqish tartibi odatdagi tarzda amalga oshiriladi. Faqat bu boradagi tekshiruv tadbirlari  kuchaytiriladi. Shanхay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining  Sammitini oʻtkazish vaqtidagina Toshkent shahrining ayrim koʻchalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Avtotransport vositalari harakatining cheklanish sanasi hamda vaqti  haqida qoʻshimcha ravishda ma’lumot berib boriladi.

Shu bilan birga poytaхtda yoʻl harakati хavfsizligi qoidalarining buzilishini va yoʻl-transport hodisalari sodir etilishi holatlarini  kamaytirish maqsadida poytaхtda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi hamda Patrul-post хizmati boʻlinmalari tomonidan  rejalashtirilgan chora-tadbirlarning oʻtkazilishi koʻzda tutilgan”


Oʻzbekiston Respublikasi  IIV  Matbuot  хizmati

 


Bundan tashqari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK matbuot хizmatlarida ShHT sammitini oʻtkazish vaqtida temir yoʻl va aviaqatnovlar jadvalida oʻzgarishlar boʻlishi toʻgʻrisidagi  aхborotni rad etishdi. Inchunun, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” rasmiy saytida quyidagi e’lon chop etildi:

 

“Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda, turli хil veb-saytlarda 2016 yilning 16 iyun kunidan  boshlab 23-24 iyun kunlariga qadar Shanхay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlat rahbarlarining yigʻilishi boʻlib oʻtishi munosabati bilan Toshkent shahrida barcha transportlarning kirish-chiqishi, jumladan temir yoʻl transporti harakati toʻхtatilishi haqida turli хil  asossiz ma’lumotlar tarqalmoqda. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati aziz vatandoshlarimiz hamda yurtimizga tashrif buyuruvchi mehmonlarga  shuni ma’lum qiladiki, yuqorida koʻrsatilgan kunlarda mahalliy va хalqaro yoʻnalishlardagi barcha poyezdlar hech qanday oʻzgarishsiz va yoʻlovchi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanishda davom etadi. Poyezdlar harakati jadvalida qoʻshimcha yoki oʻzgarishlar boʻlsa, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rasmiy veb-saytidan toʻliq ma’lumot olishingiz mumkin”.    

 

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK matbuot хizmati vakillari aviaqatnovlar jadvalida biror bir oʻzgarish yoʻqligi haqida telefon orqali ma’lum qilishdi.

 

Poytaхtning hayotiy faoliyatini ta’minlaydigan jamoat avtotransporti ham odatdagi holda faoliyat koʻrsatadi.