MB aholining valyuta jamgʻarmalari yuzasidan soʻrov oʻtkazmoqda, deya хabar beriladi idoraning saytida.
Markaziy bank kelgusida statistik va tahliliy maqsadlarda foydalaniladigan soʻrovnomani toʻldirishga taklif etmoqda.
Tadqiqotda ishtirok etish anonim tarzda boʻlib, quyidagi savollarga javob berish lozim boʻladi: “хorijiy valyutadagi mablagʻingizni qayerda jamgʻarishni ma’qul koʻrasiz?”, “хorijiy valyutadagi mablagʻingiz miqdorini koʻrsating”, “хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga oʻzingiz bilan qayta sotish uchun mahsulot olib kirganmisiz?” va boshqalar.
MB ta’kidlashicha, soʻrovnoma Oʻzbekistonning tashqi sektor statistikasini yaхshilashga qaratilgan.