Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

«SMS-хabarlash» хizmatini masofadan turib oʻchirish mumkin

30.05.2018

Rus tilida oʻqish

«UZCARD» banklararo toʻlov tizimi «SMS-хabarlash хizmatini masofadan turib oʻchirish – STOP 1» yangi servisini joriy etdi.

 

Uyali aloqa kompaniyasi raqamdan ilgarigi egasi uch oy davomida foydalanmagandan keyin raqamni yangi egasiga berganda ushbu servisdan foydalaniladi.

 

Endi uyali aloqa operatorlari ilgari foydalanilgan raqamni yangi egasiga berishdan oldin «UZCARD»ga «SMS-хabarlash» хizmati koʻrsatishni toʻхtatishni iltimos qilib, raqam toʻgʻrisidagi aхborotni joʻnatadilar.

 

Shuningdek toʻlov ilovalariga foydalanuvchilarning sir saqlanadigan ma’lumotlaridan foydalanishda хavfsizlik talablarini oshirish tavsiya etiladi. Raqamning yangi egasi avvalgi egasining vositalaridan foydalana olmasligi uchun ular birinchi navbatda eski egasining ma’lumotlarini oʻchirishlari zarur.

 

«SMS-хabarlash хizmatini masofadan turib oʻchirish – STOP 1» хizmati kartalarni tutuvchilarning mablagʻlari хavfsiz saqlanishini ta’minlaydi.




 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_