Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Soliq sohasi raqamlashtiriladi

17.03.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qoʻmitasida soliq sohasini takomillashtirish boʻyicha navbatdagi vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

 

Mamlakatimizda soliq ma’muriyatchiligi faol ravishda tubdan isloh qilinmoqda. 2019 yil dekabrda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinib, toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanuvchi normalar joriy etildi. Soliqlar soni 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mol-mulk soligʻi stavkasi 5%dan 1,5%ga, qoʻshilgan qiymat soligʻi 20%dan 15%ga tushirildi. Ish haqiga nisbatan soliq yuki qariyb 2 baravar kamaytirildi.

 

Yangi Taraqqiyot strategiyasida bu boradagi islohotlarni davom ettirish hamda iqtisodiyotga soliq yukini yanada kamaytirish va soliqqa oid tartib-taomillarni qisqartirish vazifalari belgilangan.

 

– Biz inson qadrini ulugʻlashni e’lon qildik, хalqimizni rozi qilishga harakat qilayapmiz. Xalqimiz qachon rozi boʻladi? Soliq kam boʻlib, daromadi oshsa, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Xususan, 2026 yilga borib iqtisodiyotga soliq yukini 25%gacha kamaytirish maqsad qilingan. Shuningdek 2023 yildan qoʻshilgan qiymat soligʻini 12%gacha tushirish, keyinchalik yer va mol-mulk soliqlarini birlashtirish moʻljallangan.

 

Davlatimiz rahbari soliq idoralari faoliyatini yaхshilash, buning uchun aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.

 

Buning natijasida biznes-jarayonlar toʻliq avtomatlashtiriladi, «yashirin iqtisodiyot» hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlari bartaraf etiladi, kadrlar salohiyati mustahkamlanadi.