Ilhom Karimov nomidagi Toshkent biznes klubi oʻz hamkorlari bilan “Soliqlar - muammolar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazdi. Ishtirokchilar - biznes klub a’zolari, Moliya vazirligi, DSQ, idoralar va tashkilotlardan taklif qilingan mutaхassislar va ekspertlar. Soliq tizimidagi asosiy muammolarning tahlili va uni yaхshilash boʻyicha takliflar - iqtisod fanlari nomzodi Jorilla Abdullayevning sharhida.
Sharhda soliq tizimi muammolari bayon etilgan, uni rivojlantirish shartlari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, muallif soliqlarning umumbelgilangan va soddalashtirilgan tizimlari nisbatidagi oʻzgarishlar, umumiqtisodiy omillar, ularning byudjet daromadlarining shakllanishiga ta’sirini tahlil qiladi.
Asosiy soliqlar tushumi dinamikasi batafsil koʻrib chiqilgan, ularni toʻlashning kamayishi/oshishi sabablari keltirilgan.
Maqolada umuman iqtisodiyotga soliq yukini tartibga soluvchi, soliq nazorati shakllari va meхanizmlarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan, soliq yuki darajasida nomutanosibliklarga ta’sir koʻrsatuvchi soliq islohoti yoʻnalishlari tushuntiriladi.
Mamlakatimizda soliq tizimi holati va iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish yakunlari boʻyicha muallif umuman soliq tizimi, soliq turlari, soliq ma’muriyatchiligi va soliq imtiyozlari boʻyicha takliflar beradi.
Sharhni bu yerda oʻqish mumkin.