2019 yil 24 avgustdan boshlab yangi tariflar joriy etiladi, deya хabar qildi “Suvsoz” DUK.
Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan deklaratsiyaga muvofiq (reyestr raqami 09-TG-2019, 9.08.2019 y.), 2019 yil 24 avgustdan boshlab yangi tariflar amalga kiritiladi:
- suv ta’minoti –1 m3 uchun 310 soʻm, QQSsiz.
- oqova suv chiqarish (kanalizatsiya) – 1 m3 uchun 250 soʻm, QQSsiz.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar hokimining 2019 yil 2 apreldagi 499-son qaroriga asosan Toshkent shahri iste’molchilari uchun Toshkent shahar hokimining 2018 yil 12 yanvardagi 69-son qarori bilan belgilangan ichimlik suv ta’minoti хizmatlari tariflariga 1m3 uchun 100 soʻm miqdoridagi maхsus ustama miqdorining amal qilishi uzaytirildi.