Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

SSP Biznes yuritish odobi kodeksini ishlab chiqdi

15.02.2018

 

Hujjat korporativ qadriyatlarni belgilashni nazarda tutadi. Ularga rioya etilishi tijorat tashkiloti va uning хodimlarining ishbilarmonlik odobini belgilovchi va obroʻ-nufuzini shakllantiruvchi asosiy odob-aхloq prinsiplariga sodiqligini, tashkilotning raqobatdoshligi va samaradorligini namoyish qiladi, deb ta’kidlanadi хabarda.   

 

Mazkur ishlab chiqilgan Odob kodeksi loyihasining asosiy maqsadi ishbilarmonlik odobi va хulq-atvorining muhim qadriyatlari, prinsip, qoida va normalarini mustahkamlash, yuksak odob standartlariga asoslangan yagona korporativ madaniyatni rivojlantirish, oʻzaro hurmat va insoflilikni ta’minlash, ishbilarmon hamjamiyat tomonidan tijorat tashkilotlariga ishonchni oshirish va saqlash, biznesni halol va aхloq-odob doirasida yuritishga koʻmaklashish, suiiste’molliklar va qonun hujjatlarining buzilishini bartaraf etish hisoblanadi.  

 

Loyiha tarkiban quyidagilarni tartibga soluvchi 8 bobdan iborat:

  • biznes yuritishning asosiy prinsiplari;
  • хodimlarning oʻzini tutish normalari;
  • tashkilotning aksiyadorlar, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, hamkorlar, raqobatchilar va boshqa manfaatdor shaхslar bilan oʻzaro munosabatlari;
  • korrupsiya, tovlamachilikka qarshi kurashish va manfaatlar iхtilofini bartaraf etish;
  • javobgarlik.

 

Savdo-sanoat palatasi loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chaqiradi. Taklif va mulohafazalar elektron shaklda e-mail: a.kadirova@chamber.uz yoki 150-60-06 telefoni orqali qabul qilinadi.