Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Sud tizimi yangilanib, hayotimizga kirib bormoqda

23.08.2017

Oʻzbekistonda sud-huquq tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi oʻrni va rolini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat rahbarining joriy yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bu borada muhim dasturulamal boʻlayotir.

Aytish joizki, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlari sifatida mustahkamlandi.

 

Soʻnggi vaqtlarda Qoraqalpoiston Respublikasi, barcha viloyat va  Toshkent shahrining  mahalla fuqarolar yigʻinida jinoyat  va fuqarolik ishlari boʻyicha  sudlarining 45 mingdan ortiq ochiq sayyor sud majlislari oʻtkazilgan.

Prezident qaroriga  muvofiq mamlakatimizning barcha  hududlarida Xalq qabulхonalari tashkil etilgan hamda jinoyat,  fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sud raislari va sudyalari viloyat, tuman va shahar,  mahallalar faollari oldida har yili hisobot berishi nazarda  tutilgan.

 

Ma’lumki, 2017 yil 6 iyul kuni «Turkiston»  saroyida  sudyalarning Oʻzbekiston хalqiga marojaati qabul qilingan va  sud binolariga uning matni va fuqarolarning sudga munosabatlarini bildirishlari uchun muhrlangan qutilar oʻrnatish belgilangan.

 

Shu bois 2017 yil 13 avgust kuni Toshkent shahri Yashnobod tumani jinoyat  ishlari  boʻyicha sudi binosida Prezidentning Davlat maslahatchisi O.Murodov, Sudyalar oliy kengashi raisi M.Usmonov, Sudyalar assotsiatsiyasi raisi U.Mingboyev va Oliy sud raisining oʻrinbosari B.Dehqonov, poytaхtimiz jamiyat a’zolarining keng qatlami ishtirokida sud binosida  murojaatnoma matni va fuqarolar uchun qutining namunaviy tarzda oʻrnatilishi va undan foydalanish masalalariga doir tadbir oʻtkazildi.

 

Ma’ruf USMANOV.