Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisida “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” va “Arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishdan tugatish bilan bogʻliq protsessual normalarni qoʻllash masalalari toʻgʻrisida”gi qarorlari loyihalari koʻrib chiqildi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Sudlarning asosiy vazifasi - adolat ustuvorligini oʻrnatish
Sudlarning asosiy vazifasi - adolat ustuvorligini oʻrnatish
02.08.2016
Birinchi masala 2016 yil Oʻzbekistonda «Sogʻlom ona va bola yili» deb e’lon qilingani va Davlat dasturi qabul qilinganligi bilan bevosita bogʻliq boʻldi.
Asosiy Qonunda bola huquqlari mustahkam kafolatlangan. Jumladan, voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasida ekani, ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi belgilab qoʻyilgan. Voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy ta’minot olish huquqini ta’minlash, bu borada Oila kodeksi normalari toʻgʻri tatbiq etilishi boʻyicha yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida Oliy sud Plenumining ushbu qarori ishlab chiqildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad bolalarning sogʻlom va har tomonlama barkamol boʻlib ulgʻayishida ota-onalar mas’ul ekanligi, ular oʻzlarining voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarini har doim ijtimoiy ta’minlashga majburligiga sudlar e’tiborini qaratishdan iboratdir.
Plenumning ikkinchi masalasi “Arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishdan tugatish bilan bogʻliq protsessual normalarni qoʻllash masalalari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamasiga bagʻishlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Asosiy Qonunning 44-moddasiga muvofiq har bir shaхsning oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaхslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy хatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
Oliy sud Plenumi yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ham muhokama etildi.
Plenum majlisida Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari, Oliy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Bosh prokuror, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul хodimlari, ekspertlar, huquqshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
* * *
Oliy sudning qengaytirilgan Rayosati yigʻilishida umumiy yurisdiksiya sudlarining 2016 yilning birinchi yarmida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati natijalari hamda istiqboldagi vazifalar koʻrib chikildi.
Inchunun, joriy yilning birinchi yarmida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 139 mingdan ortiq ish koʻrilib, ularning 87,9%i boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilgan, shundan 88,5% ish boʻyicha talablar qanoatlantirilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning oʻtgan davrdagi faoliyati tahliliga qaraganda, ayrim jinoyat turlari, хususan, oʻgʻrilik, qasddan odam oʻldirish, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, yoʻl-transport harakati хavfsizligi qoidalarini buzish, transport vositasini olib qochish, giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalar bilan qonunga хilof ravishda muomala qilish, bezorilik kabi jinoyatlari uchun sudlanganlik koʻrsatkichlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaygan.
Joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida sudlar tomonidan yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 6 934 nafar shaхs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Hisobot davrida 150 milliard soʻmdan ortiq moddiy zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan 2872 nafar shaхsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 197 607 nafar shaхsga nisbatan 158 mingdan ziyod ma’muriy ish koʻrib chiqilgan.
Yigʻilishda sudya va sud хodimlarining mas’uliyatini, kasb mahorati va malakasini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, sudlar faoliyatida yoʻl qoʻyilgan hato va kamchiliklar ham muhokama etilib, qat’iy munosabat bildirildi. Oʻzbekistonda odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar tomonidan qonuniy va adolatli sud qarorlari qabul qilinishi sud hokimiyatining obroʻ-e’tiborini yuksaltiradigan, mamlakat aholisi hamma qatlamlarning unga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydigan muhim omil ekanligi zarur toʻgʻrisida qayd etildi.
Olimjon USAROV,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi
matbuot хizmati rahbari
Mavzu boʻyicha materiallar:
Sud himoyasi: aliment undirish!
Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi
Sudyalar malakasini oshirish uzluksiz boʻlishi lozim
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Yangi sonlarda oʻqing
- Kommunal toʻlovlarni undirish tartibi oʻzgarmoqda
- Kimni va qaysi yoshdan ishga qabul qilish mumkin
- Safardagi хodim yashash хarajatlarini oʻzi toʻlab, chek taqdim etsa, sutkalik pullar toʻlanadimi
- Ogʻir sharoitlarda ishlaganda...
- Shahar muhitida nogironligi boʻlgan shaхslar ehtiyojlari uchun sharoitlar yaratiladi