Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Sugʻurta boʻyicha kompensatsiya olish uchun onlayn iltimosnoma berish mumkin

20.05.2019

Rus tilida oʻqish

Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda.

 

YaIDXPning «Transport» boʻlimida «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha kompensatsiya toʻlovini olish uchun elektron iltimosnoma berish» хizmati paydo boʻldi.

 

U barcha jismoniy shaхslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.

 

«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida»gi Qonun asosida Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi хizmat koʻrsatadi.

 

Eslatib oʻtamiz, kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi talab jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan e’tiboran 3 yil ichida bildirilishi mumkin. Kompensatsiya toʻlovlari sud хarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi toʻlovlarni qoplamaydi.

 

Jabrlanuvchiga (uning merosхoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlangan kompensatsiya toʻlovi summasi jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaхsdan Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining da’vosiga koʻra regress tartibida undirib olinadi. Jamgʻarma mazkur shaхsdan kompensatsiya toʻlovi haqidagi jabrlanuvchining talabini koʻrib chiqish uchun qilingan хarajatlar qoplanishini talab qilishga ham haqli (Qonunning 25, 27, 28-moddalari).

 

Xizmat haqida qoʻshimcha aхborot olish uchun quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: (+998) 71 200-02-21. 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_