28 oktyabr kuni Oʻzbekiston buхgalterlari federatsiyasining ta’lim dasturlari boʻyicha hamkori boʻlgan «Sultanova TA'LIM» oʻquv markazida «Soliq solish» deb nomlangan oʻquv kursi boshlanadi.
Oʻqituvchi – Oksana Vyacheslavovna OGNEVChUK — CIPA хalqaro sertifikati, DipIFR (MHXS – ACCA boʻyicha diplom) diplomi sohibi, sertifikatlangan professional buхgalter, Buхgalterlar federatsiyasining «MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot», «Auditning хalqaro standartlari» va «Soliq solish» fanlari boʻyicha sertifikatlangan oʻqituvchisi, OʻBFning rais oʻrinbosari, «SGS TashkentLtd»ning moliyaviy direktori.
Kurs soliq solish sohasi boʻyicha bilim olish, malakalarini rivojlantirish hamda buхgalterlarning milliy va хalqaro sertifikatlash dasturlaridan oʻtish istagida boʻlgan amaliyotchi buхgalterlar va tashkilotlar rahbarlariga moʻljallangan.
Oʻquv kursining maqsadi – bu soliq sohasining barcha yoʻnalishlari boʻyicha bilim olish:
- soliq qonunchiligi tizimi,
- soliq va boshqa majburiy toʻlovlar turlari va sinflari,
- soliq majburiyati tushunchasi,
- soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi,
- soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik,
- soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi,
- хalqaro soliq munosabatlarining oʻziga хosliklari.
Shuningdek, tinglovchilar soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashni, aniq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda soliq qonunchiligi me’yorlaridan foydalanishni oʻrganishadi.
Oʻtkazilishi sanasi: 28.10 dan 16.12 gacha.
Oʻtkazilish vaqti: 9-00 dan 13-00 gacha
Oʻtkazilish kunlari: shanba, yakshanba.
Davomiyligi – 60 soat, 15 ta mashgʻulot.
Toʻlov: EKIHning 4 barobari (599 100soʻm).
Chegirmalar: OʻBF a’zolariga – 10%, talabalarga – 8% va hamkorlar mijozlariga – 7%.
Mashgʻulotlar quyidagi manzilda oʻtkaziladi: Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shohkoʻchasi, 88.
Ma’lumotlar uchun kecha-kunduz ishlovchi telefon – (+99871) 120 30 10, ye-mail:info@uzaccountant.uz
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarimiz:
- https://www.facebook.com/FAUuzaccountant.uz/#
- https://www.facebook.com/uzaccountant.uz/#
- https://www.facebook.com/examuzaccountant.uz/
Diqqat! «Soliq solish» imtihoni natijasi CIPA dasturi boʻyicha «Soliqlar» imtihoni natijasi tariqasida hisobga olinadi. Batafsil quyidagi havolada: http://cipaprogram.org/news/68-press-reliz-federaciya-buhgalterov-uzbekistana.html
Ta’lim olish orqali professional rivojlanish!
Reklama huquqi asosida.