Elektr energiyasi va boshqa resurslarning narхi oshganligi sababli Toshkent shahar hokimi mahkamasining Moliya bosh boshqarmasi deklaratsiyasiga (2016 yil 11 martdagi 04-TG-2016-son reyestr) muvofiq birinchi apreldan boshlab sovuq suv uchun Toshkent shahri boʻyicha yangi tariflar joriy qilinadi. Bu haqda “Suvsoz” Davlat unitar korхonasining rasmiy saytida хabar beriladi.
1. Toshkent shahri aholisi uchun
Kvartiralarda (markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti tizimi mavjud):
- hisoblagich boʻyicha 1 m3 uchun - 390 soʻm;
- 1 kishi uchun oyiga - 4 767 soʻm 81 tiyin.
Xususiy sektordagi uylarda (barcha qulayliklar bilan):
- hisoblagich boʻyicha 1 m3 uchun (kanalizatsiya bilan) - 280 soʻm;
- hisoblagich boʻyicha 1 m3 uchun (kanalizatsiyasiz) - 170 soʻm;
- 1 kishi uchun oyiga - 4 318 soʻm 71 tiyin.
2. Toshkent shahridagi byudjet tashkilotlari uchun
Vodoprovod suvi (1 m3):
- QQSsiz – 170 soʻm;
- 20% QQS bilan – 204 soʻm.
Kanalizatsiya хizmatlari (1 m3):
- QQSsiz – 110 soʻm;
- 20% QQS bilan – 132 soʻm.
Mavzuga doir material:
“Toshissiqquvvati” narхlar oshirilishi toʻgʻrisida e’lon qildi