Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

TDYuUga kirish imtihonlarida fanlar boʻyicha ballar taqsimoti oʻzgartirildi

08.02.2019

Rus tilida oʻqish


Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)» yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatga oʻqishga kirishda test sinovlaridagi fanlar boʻyicha ballar taqsimotini oʻzgartirdi (31.01.2019 yildagi 15-son bayonnoma).

 

Bu haqda universitetning rasmiy saytida ma’lum qilindi. Endi fanlar boʻyicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:

  • ona tili va adabiyoti – 3,1 ball;
  • chet tili – 2,1 ball;
  • tariх – 1,1 ball.

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab kirish imtihonlarida abituriyentlar ana shunday ballar boʻyicha baholanadi.

 

Tahririyatdan: abitur.uz saytida kirish imtihonlariga tayyorlanish va oldindan sinov testlaridan oʻtish mumkin.