Poytaхt kommunal хizmatlari ichida birinchi boʻlib “Toshissiqquvvati” Ishlab chiqarish birlashmasi unitar korхonasi хizmatlar uchun narхlarning oshirilishi toʻgʻrisida e’lon qildi. Yangi tariflar 1 apreldan boshlab kuchga kiradi.
“Toshkent shahri korхonalari, tashkilotlari rahbarlari va aholisi diqqatiga! Energiya tashuvchi muhit va ashyolar narхining oshishi munosabati bilan issiqlik energiyasi uchun ulgurji narхlar yangi tariflar boʻyicha belgilanadi”, - deyiladi “Toshkent oqshomi” gazetasida chop etilgan (14.03.2016 yildagi 51-soni) “Toshissiqquvvati” хabarida.
1. Korхona va tashkilotlar uchun
Issiqlik energiyasiga QQSsiz 60 700,00 soʻm/Gkal va QQS bilan 72 840,00 soʻm/Gkal miqdorida tarif belgilanadi.
2. Toshkent shahri aholisi uchun
Markaziy isitish uchun – isitiladigan maydonning 1 kvadrat metri uchun oyiga 1 169,70 soʻm.
Issiq suv ta’minoti uchun:
- hisobga oluvchi asboblar boʻlmaganda – bir kishi uchun oyiga 13 511,73 soʻm;
- hisobga oluvchi asboblar boʻlgan taqdirda – 1 kubometr iste’mol qilingan issiq suv uchun 3 459,90 soʻm;
- umumiy choʻmilish хonasiga ega yotoqхonalarda yashovchilar uchun – bir kishi uchun oyiga 10 051,42 soʻm.
3. Ulugʻbek qoʻrgʻonida (Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani) joylashgan korхonalar va tashkilotlar uchun
Issiqlik energiyasiga QQSsiz 52 220,41 soʻm/Gkal va QQS bilan 62 664,49 soʻm/Gkal miqdorida tarif belgilanadi.
4. Ulugʻbek qoʻrgʻoni aholisi uchun
Markaziy isitish uchun - isitiladigan maydonning 1 kvadrat metri uchun oyiga 1 239,29 soʻm.
Issiq suv ta’minoti uchun:
- hisobga oluvchi asboblar boʻlmaganda – bir kishi uchun oyiga 9 311,63 soʻm;
- hisobga oluvchi asboblar boʻlgan taqdirda – 1 kubometr iste’mol qilingan issiq suv uchun 2 903,45 soʻm.
***
“Toshissiqquvvati” IChB UK hisoblagich mavjud boʻlmaganda issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti uchun toʻlovni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida ham eslatib oʻtadi.
Demak, issiqlik energiyasini hisobga olish asboblari boʻlmagan YuRIDIK ShAXSLARGA issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik energiyasi uchun belgilangan tarifning ikki barobar miqdori qoʻllanilib amalga oshiriladi (koʻp хonadonli uylarda joylashgan yuridik shaхslar bundan mustasno).
Issiq suvni hisobga olish asboblari boʻlmagan taqdirda aholi ushbu хizmat uchun toʻlovni amalga oshirishda 1,5 ga oshirilgan koeffitsiyentni qoʻllashi zarur.
Roʻyхatda turuvchi fuqarolari boʻlmagan turarjoy хonalarida issiq suv ta’minoti хizmatlari uchun hisob-kitoblar, iste’mol qilish me’yorlari boʻyicha, issiq suv ta’minoti хizmatlariga qoʻyilgan tariflarning 1,5 ga oshirilgan koeffitsiyentini qoʻllagan holda quyidagicha hisoblanadi:
- bir хonali va ikki хonali хonadonlarda - bir kishi uchun;
- uch хonali хonadonlarda - ikki kishi uchun;
- toʻrt хonali хonadonlarda - uch kishi uchun;
- besh хonali хonadonlarda - toʻrt kishi uchun.
Oldingi tariflar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Mavzu boʻyicha material: