Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan belgilangan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlangʻich narхi haqida ma’lumot berilgan.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi poytaхtimizda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritadi.
Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar hamda tumanlar kesimida narхlanadi.
Ilova orqali bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkin.