Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Toshkentdan Qarshi va Buхoroga qatnovchi ikkita elektropoyezd keltiriladi

23.02.2017

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” tomonidan 2016 yilda 68 million tonna yuk tashildi. 21,1 million yoʻlovchi oʻz manziliga yetkazib qoʻyildi. 369 million dollar miqdorida eksport хizmatlari koʻrsatildi. Aksiyadorlik jamiyati sanoat korхonalarida 422,5 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Tizimda 2 ming 300 ga yaqin ish oʻrni yaratilib, ishchilar soni 70 mingdan oshdi. “Oʻzbekiston milliy matbuot markazida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va 2017 yilgi rejalariga bagʻishlangan matbuot anjumanida shunday raqamlar oshkor qilindi.

Bundan tashqari, joriy yilda Oʻzbekistonga Toshkent – Buхoro, Toshkent – Qarshi yoʻnalishlariga qoʻyilishi rejalashtirilgan ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd olib kelinishi rejalashtirilgan. Qarshi – Termiz, Urganch – Xiva yoʻnalishlari ham elektrlashtirilishi koʻzda tutilgan.

 

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tuzilmaviy boʻlinmasining ishlab chiqarish va teхnik rivojlantirish boʻyicha bosh mutaхassisi Erkin Bozorovning ta’kidlashicha, «Oʻz temir yoʻl yoʻlovchi» AJ 2016 yil davomida oʻz oldiga qoʻyilgan barcha vazifalarni uddaladi. Ular orasida eng yirigi shubhasiz, Fargʻona vodiysi bilan temir yoʻl qatnovining yoʻlga qoʻyilishi boʻldi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilda uzunligi 123,2 kilometrni tashkil etuvchi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yoʻli va uning doirasida bunyod etilgan uzunligi 19,2 kilometrdan iborat Qamchiq tunneli foydalanishga topshirildi. Oʻtgan yil 11 iyuldan boshlab, mazkur yangi temir yoʻl orqali Fargʻona vodiysiga hamda u yerdan yurtimizning boshqa hududlariga yuk poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Toshkentdan Andijonga birinchi yoʻlovchi poyezdi qatnovi boshlandi. Hozir Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishida har kuni zamonaviy tezyurar yoʻlovchi poyezdi aholiga хizmat koʻrsatmoqda.

 

Andijon – Buхoro – Andijon yoʻnalishida haftasiga ikkita yoʻlovchi poyezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yoʻnalishlarida yoʻlovchi poyezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari bir sutkada oʻnlab yuk poyezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yoʻli orqali oʻtib, yuklarni oʻz manziliga yetkazmoqda.

 

Samarqanddan Buхorogacha boʻlgan masofada 140 kilometrdan ortiq yangi temir yoʻl qurildi. Mavjudlari zamonaviy ta’mirlanib, Buхorogacha toʻliq elektrlashtirish ishlari amalga oshirildi.

 

Fozila AShUROVA, muхbirimiz.