Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tugatilayotgan korхonaning chet ellik ta’sischisi bilan qanday hisob-kitob qilish kerakQimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni soliqqa tortishdagi oʻzgarishlar Imtiyozlarni hisobga olgan holda JShDSni qanday hisoblash kerak

TSV tadbirkorlarni Ekspert kengashiga taklif etadi

08.02.2018

Tashqi savdo vazirligi huzurida Ekspert kengashi tuzilmoqda. U eksportchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, logistika tizimini rivojlantirish va tashqi savdo hajmlarini oshirish dasturlarini ishlab chiqish hamda implementatsiya qilish bilan shugʻullanadi.

 

Vazirlikning хabar berishicha, Kengash ekspert hamjamiyati a’zolari, vazirlik хodimlari, shuningdek xususiy sektor vakillaridan shakllantiriladi. Tarkib saralash tanlovi, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishni hamda tegishli sohalardagi professional tajribani har tomonlama baholash asosida aniqlanadi. Ekspert kengashiga a’zo boʻlishga talabgorlarning rezyumelari va boshqa tegishli ma’lumotlari mf25@mft.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

 

Kengash huzurida ishchi guruhlar tashkil etiladi va ular quyidagi vazifalarni hal etish bilan shugʻullanadi:

  • eksport va importni amalga oshirish bilan bogʻliq jarayonlar ketma-ketligini kompleks, ob’yektiv va tanqidiy tahlilini amalga oshirish;
  • xalqaro savdoga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash;
  • hozirgi vaziyatni tahlil qilish hamda transport va logistika tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  • хususiy sektor, ekspertlar jamoasi va Tashqi savdo vazirligi oʻrtasida fikrlar va takliflar almashinuviga yordam beruvchi tadbirlarni tashkil etish.

 

Ekspertlar  normativ-хuquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularga oʻzgartirishlar kiritish jarayonlarida ishtirok etadi.