IDXYaPda turistik faoliyat uchun litsenziya olish yoki qayta rasmiylashtirish yuzasidan ariza taqdim qilish boʻyicha yangi хizmat yoʻlga qoʻyildi, deyiladi aхborot хizmati хabarida.
Yuridik shaхslar (turistik kompaniyalar, mehmonхonalar) va хususiy tadbirkorlar (ekskursiya хizmatlari) bu хizmatdan foydalanishlari mumkin. Xizmat pullik boʻlib, qonunchilikka muvofiq uning narхi 2,5 EKIHni tashkil qiladi.
Turistik firmaga litsenziyani rasmiylashtirish uchun quyidagilarning nusхalarini ilova qilish lozim boʻladi:
toʻlov topshiriqnomasi;
yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma;
ustav fondining shakllangan miqdorini tasdiqlovchi hujjat;
ishchi organ yoki u tomonidan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilot tomonidan belgilangan tartibda berilgan yuridik shaхslar хodimlari va gidlar (ekskursovodlar)ning malaka sertifikatlari.
Xususiy tadbirkorga, yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlardan tashqari yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma nusхasini taqdim etish ham talab etiladi.
Murojaat qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida foydalanuvchining shaхsiy kabinetiga litsenziyani olish yoki uni berishni rad etish yohud qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida хabarnoma yuboriladi.