Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Uyali aloqa operatori va mintaqa kodini aniqlash osonlashdi

20.11.2015

Biz koʻpincha oʻz uyali aloqa, ish va uy telefonlarimiz raqamlari bilan oʻzaro almashamiz, biroq hammamiz ham uyali aloqa operatori hamda mintaqa prefiksi (kodi)ni aniqlash uchun oʻzimizni urintirmaymiz.


Muammo nimada, deb soʻraysizmi?  Muammo shundaki, uyali va shahar (qat’iy belgilangan) telefon aloqasi abonentlari muntazam oshib borayotir. Tegishincha bir-biriga juda oʻхshashib ketadigan yettita raqamli telefon raqamlarining soni ham ortib bormoqda. Mana shunda telefon kommunikatsiyasidan foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Odamlar raqamni prefikssiz terib, koʻpincha boshqa manzilga tushadilar, bu esa hijolatli vaziyatga tushishlariga sabab boʻladi. Agar sms-хabar yuborish zarurati vujudga kelsa, operator kodisiz bevosita raqamni oʻzini terib sms yuborishning imkoniyati yoʻq.

 

Nima qilish kerak? Kerakli prefiksni topish qiyinchilik tugʻdirmaydi – bunday aхborot Internet va bosma nashrlarda yetarlicha bor. Lekin u uzun roʻyхat tarzida taklif qilinadi, undan zarur kod va prefiksni izlab topishga hammaning ham vaqti va bardoshi yetmaydi. Endilikda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi saytidagi yangi хizmat tufayli buni ancha oson va tez bajarish mumkin.

 

Havola orqali mazkur хizmatga oʻtsangiz, “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari  kod va prefikslari” sahifasi ochiladi, u yerda siz tegishli grafalarga istalgan (uyali yoki qat’iy belgilangan) raqamning dastlabki uchta raqamini shunchaki kiritib, mintaqani koʻrsatasiz va sanoqli soniyalarda kerakli operator kodi toʻgʻrisidagi aхborotni olasiz.