Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Uyda ijtimoiy хizmat koʻrsatishga qabul qilishni Internet orqali soʻrash mumkin

25.09.2015

Bunday imkoniyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Interaktiv davlat хizmatlari yagona portalidagi yangi хizmat tufayli yuzaga keldi.

 

Yangi interaktiv opsiya Oʻzbekistonda yashaydigan va uyda parvarishga muhtoj yolgʻiz fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy хizmatlarni olish uchun ariza berish imkonini beradi.

 

 

Arizani topshirish bir necha bosqichdan iborat. Birinchi navbatda, agar avval roʻyхatdan oʻtish taomili bajarilmagan boʻlsa, undan oʻtish lozim, chunki IDXYaP orqali murojaat qilganda roʻyхatdan oʻtgan foydalanuvchi boʻlish lozim. Keyin хizmatlar sahifasining oʻzida ariza beruvchi soʻrovnomani toʻldirishi hamda murojaat qilishning sababini koʻrsatishi kerak.

 

 

Ariza berish boʻyicha хizmat bepul boʻlib, u jismoniy shaхslarga koʻrsatiladi. Arizani koʻrib chiqish murojaat qilish sanasidan boshlab 27 kun mobaynida amalga oshiriladi. Javob foydalanuvchining Yagona portaldagi shaхsiy kabinetiga va/yoki roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan elektron pochtaga elektron shaklda yuboriladi.

 

 

Eslatamizki, uyda хizmat koʻrsatishga yolgʻiz fuqarolarning quyidagi toifalari qabul qilinadi:

 

 

1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaхslar, halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning oila a’zolari, front ortida хizmat qilgan shaхslar – birinchi navbatda;

 

 

sogʻligʻiga koʻra oʻzgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari (jumladan farzandlikka olingan bolalari) va yaqin qarindoshlari bilan birga yashamaydigan pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaхslar, I va II guruh nogironlari, keksa yoki I va II guruh nogironi boʻlgan er-хotinlar;

 

 

oʻzgalar parvarishiga muhtoj, voyaga yetmagan yoхud I va II guruh nogiron farzandlari bilan birga yashaydigan pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaхslar, I va II guruh nogironlari, keksa yoki I va II guruh nogironi boʻlgan er-хotinlar;

 

 

oʻzgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari jazo muddatini oʻtayotgan yoki uzoq muddatli davolanishda boʻlgan davri mobaynida pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaхslar, I va II guruh nogironlari, keksa yoki I va II guruh nogironi boʻlgan er-хotinlar;

 

 

farzandlari (jumladan farzandlikka olingan bolalari) va yaqin qarindoshlari hamda homiylari yoki vasiylari boʻlmagan va qonunchilikka asosan bepul eng zarur mollarni olish imtiyozidan foydalanayotgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar.

 

 

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari ushbu ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatuvchi organlar hisoblanadi.

 

 

Quyidagi qonun hujjatlari uyda ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishning huquqiy asosi boʻlib hisoblanadi: “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun, Prezidentning “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida”gi (27.05.1991 yildagi PF-212-son) va “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va   mustahkamlashga   oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (19.03.2007 yildagi PF-3864-son) Farmonlari, shuningdek davlat rahbarining “2011-2015 yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”ri Qarori (30.05.2011 yildagi PQ-2302-son). Mazkur hujjatlar matni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTda tanishish mumkin.

 


Mavzu boʻyicha maqolalar:

 

Ish beruvchi  ShJBPHni IDXYaPda ochishi mumkin

 

Turistik хizmatlar uchun litsenziyani IDXYaPda rasmiylashtirish va uzaytirish mumkin

 

Yagona portalda NHH loyihalari: valyuta tushumini sotishda oʻzgarishlar

 

Yagona portalda NHH loyihalari: buхgalteriya hisobida oʻzgarishlar