2020 yilning 1 yanvaridan 20 ta davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kelgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasining sayti orqali Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoniga havola berilgan holda ma’lum qilindi.
Roʻyхatga Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadin, Sent-Lyusiya, Bagama Orollari, Dominika, Sent-Kits va Nevis, shuningdek Yamayka davlatlari kiritildi.
Sanab oʻtilgan davlatlarning fuqarolari 2019 yilning 1 fevralidan boshlab Oʻzbekistonga elektron kirish vizalarini olishlari mumkin boʻldi, bu viza soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladi va bu yerda 30 kun boʻlish huquqini beradi. Xususan, kelgusi yildan u olinmaydi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1 fevralidan boshlab 45 ta davlat fuqarolari mamlakatimizga vizasiz 30 kunga tashrif buyurish huquqini oldilar. Ayrim davlatlar bilan Oʻzbekistonning vizasiz rejimi toʻgʻrisida batafsil – bu yerda.