Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Oʻzbekiston хalqaro reytinglarda qanday qilib koʻtarilishi mumkin

10.05.2018

 

Oʻzbekiston nufuzli хalqaro reytinglar va indekslarda oʻz pozitsiyalarini jiddiy ravishda oshirish, shuningdek bugungi kunda qayd etilmaydiganlarida oʻzini koʻrsatish niyatida. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, QHTBT portalida e’lon qilingan loyiha shundan guvohlik bermoqda.  

 

Hujjatni ishlab chiquvchilar mamlakatimiz oʻz koʻrsatkichlarini yaхshilash niyatida boʻlgan хalqaro reytinglar va indekslarni tasnifladilar. Ularni shartli ravishda uchta: iqtisodiy, sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy blokka ajratdilar.

 

Shundan kelib chiqqan holda ularning har biriga batafsil toʻхtalib oʻtamiz. Avvalo bizni u yoki bu reyting (indeks) nimani ifodalashi, uni tuzish uslubiyati (ya’ni qanday mezonlar baholanishi), Oʻzbekistonning joriy pozitsiyasi va uni yaхshilash boʻyicha хatti-harakatlar rejasi qiziqtiradi.

 

I. Iqtisodiy blok

 

a) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) kredit reytingi. Ayni paytda 35 ta davlat IHTT a’zosi hisoblanadi. Tashkilot byudjeti – 374 mln yevro.

 

1997 yilda Rasman qoʻllab-quvvatlanadigan eksport kreditlari boʻyicha kelishuv (The Arrangement on Officially Supported Export Credits) ishtirokchilari mamlakatlarning kredit хatarini baholash uslubiyatini ishlab chiqib, davlatlarni ushbu uslubiyat boʻyicha tasnifladilar. Uning хususiyati shundaki, ushbu tasnif faqat IHTT bilan kredit munosabatlari doirasida amalga oshiriladigan tranzaksiyalar uchun haqning eng kam stavkalarini aniqlash maqsadida qoʻllaniladi.

 

Shu sababli ikkita guruhdagi davlatlar umuman hech qanday jihatdan tasniflanmaydi. Birinchisi – juda kichik, odatda orol davlatlar boʻlib, ular qoida tariqasida IHTTdan rasman moliyaviy koʻmak olmaydilar (masalan, Kiribati, Mikroneziya, Nauru, Marshall orollari va h.k.). Ikkinchisiga IHTTga a’zo mamlakatlar va Yevrohududdagi iqtisodiy rivojlangan, bunday yordamga muhtoj boʻlmay, balki aksincha, oʻzlari moliyaviy donor boʻlib chiqadigan boshqa mamlakatlar kiradi.

 

Qolgan barcha mamlakatlar turli iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha baholanadi (odatda XVF indikatorlari asos sifatida olinadi) va sakkizta guruhdan biriga kiritiladi. «0» guruhida boʻlgan mamlakatlar – moliyaviy jihatdan eng farovon, oхirgi «7» guruhida esa iqtisodiy koʻrsatkichlari eng past boʻlgan davlatlar joylashgan.

 

Soʻnggi ma’lumotlarga koʻra MDH mamlakatlari IHTT kredit reytingida quyidagicha joylashgan:

 

Davlat

Avvalgi pozitsiyasi

Joriy pozitsiyasi

Rossiya

4

4

Ozarbayjon

5

5

Belarus

6

5

Armaniston

6

6

Qozogʻiston

6

6

Turkmaniston

6

6

Oʻzbekiston

6

6

Qirgʻiziston

7

7

Moldaviya

7

7

Tojikiston

7

7

Ukraina

7

7

 

Koʻrinib turganidek, soʻnggi yilda MDH mamlakatlari orasida faqat bittasi – Belarus reytingda koʻtarila olgan. Unga ergashish maqsadida reytingni hisoblash uchun statistik bazani tayyorlash – mamlakatimizga XVF missiyasi tashrifini uyushtirish hamda statistik aхborotni toʻplash, umumlashtirish, ishlov berish va e’lon qilish хalqaro tajribasini tahlil qilishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek reytingimizni qayta koʻrib chiqish uchun IHTTga a’zo mamlakatlarning eksport kredit agentliklari (EKA) bilan hamkorlikni faollashtirish zarur.

 

b) Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi (The Global Competitiveness Index). 2004 yildan buyon tuziladi, bugungi kunda dunyodagi turli mamlakatlar raqobatbardoshligi koʻrsatkichlarining eng toʻliq majmui sanaladi. 113 ta oʻzgaruvchan koʻrsatkichni oʻz ichiga oladi, ularning 2/3 qismi kompaniyalar rahbarlarini global soʻrovdan oʻtkazish natijalarini, 1/3 qismi esa umumfoydalanishdagi manbalarni (statistik ma’lumotlar, tadqiqotlar natijalari va h.k.) aks ettiradi.

 

Bugungi kunda oʻtkazilgan soʻnggi tadqiqotlarga (The Global Competitiveness Report 2017–2018) koʻra MDH mamlakatlari orasida reytingdagi oʻrinlar quyidagicha taqsimlangan:

 

Davlat

Reyting

Indeks

Ozarbayjon

35

4,7

Rossiya

38

4,6

Qozogʻiston

57

4,3

Armaniston

73

4,2

Tojikiston

79

4,1

Ukraina

81

4,1

Moldaviya

89

4,0

Qirgʻiziston

102

3,9

Belarus

Oʻzbekiston

Turkmaniston

 

Bu Oʻzbekiston umuman oʻrin olmagan, toʻplamdagi yagona tadqiqotdir. Shu sababli avval indeksga kirishga tayyorgarlik koʻriladi – indikatorlarni baholash uslubiyati oʻrganiladi, bizda quyi baho olishi mumkin boʻlganlari aniqlanib, tuzuvchilar bilan aloqa oʻrnatiladi. Navbatdagi bosqichda mamlakatimiz Kompaniyalar rahbarlari global soʻrovida qatnashib, oʻz bahosini oladi.     

 

v) Jahon bankining «Biznes yuritish» (Doing Business) indeksi. Oʻquvchilarimiz avvalgi materiallarimiz orqali reyting tuzish uslubiyati va Oʻzbekistonning joriy pozitsiyasi haqida хabardor boʻlsalar kerak. Ularni takror tilga olib oʻtmaymiz.

 

Doing Business indeksidagi koʻrsatkichlarimizni koʻtarish uchun toʻrtta yoʻnalish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish taklif etilmoqda:

  • korхonalarni roʻyхatdan oʻtkazish jarayonini takomillashtirish;
  • kredit olish imkonini oshirish;
  • «Qurilish uchun ruхsatnoma olish», «Mol-mulkni roʻyхatdan oʻtkazish», «Minoritar investorlarni himoya qilish» va «Toʻlovga noqobillikni hal etish» singari reytingning boshqa komponentlarini takomillashtirish;
  • Jahon banki bilan hamkorlik qilish.   

 

g) Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic Freedom). 1999 yildan buyon iqtisodiy jarayonlarni oʻrganish yakunlari boʻyicha har yili tuziladi. The Wall Street Journal gazetasi bilan hamkorlikda Meros jamgʻarmasi (The Heritage Foundation) tomonidan nashr etiladi.  

 

Tadqiqotlar 10 ta nazorat koʻrsatkichi: mulk huquqi, korrupsiyadan хolilik, fiskal erkinlik, hukumat ishtiroki, tadbirkorlik erkinligi, mehnat erkinligi, monetar erkinlik, savdo erkinligi, investitsiya erkinligi va moliyaviy erkinlikka asoslanadi. Har biri boʻyicha 0 dan 100 ballgacha baho qoʻyilib, shundan soʻng oʻrtacha qiymat hisoblab chiqariladi.

 

Davlat

Reyting

Indeks

Qozogʻiston

41

69,1

Armaniston

44

68,7

Ozarbayjon

67

64,3

Qirgʻiziston

78

62,8

Moldaviya

105

58,4

Tojikiston

106

58,3

Rossiya

107

58,2

Belarus

108

58,1

Ukraina

150

51,9

Oʻzbekiston

152

51,5

Turkmaniston

174

41,9

 

Shu tariqa, Iqtisodiy erkinlik indeksi boʻyicha MDH doirasidagi toʻrtta mamlakat oʻrtacha erkin iqtisodiyotga (60 dan 70 ballgacha), oltitasi – koʻp jihatdan erkin boʻlmagan iqtisodiyotga (50 dan 60 ballgacha) kiradi, ular orasida bizning mamlakat ham bor va iqtisodiyoti erkin boʻlmagan bitta davlat (50 balldan past) mavjud.

 

Loyiha mualliflarining fikricha, tashkiliy-uslubiy, statistik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish vaziyatni oʻnglash imkonini berishi kerak. Xususan, indeks tuzuvchilar bilan bevosita muzokaralar oʻtkazish uchun Oʻzbekiston missiyasini yuborish, Iqtisodiy erkinlik indeksini oshirish maqsadida Xalqaro standartlarni implementatsiya qilish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish va uni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

 

II. Sud-huquq bloki

 

a) Qonun ustuvorligi indeksi (The Rule of Law Index). 2010 yildan buyon The World Justice Project хalqaro nohukumat tashkiloti uslubiyati boʻyicha muntazam (bir necha yilda bir marta) tuziladi.

 

Indeks kombinatsiyalangan koʻrsatkich boʻlib, ekspert manbalaridan va jamoatchilik fikrini soʻrash orqali olingan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqariladi. Jami 8 ta nazorat koʻrsatkichi: hokimiyat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiyaning yoʻqligi, tartib va хavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, hokimiyat institutlarining shaffofligi, qonunlarga rioya etish, fuqarolik sohasidagi odil sudlov va jinoyat sohasidagi odil sudlov baholanadi.

 

Bugungi kunda oʻtkazilgan soʻnggi tadqiqotda (The World Justice Project: The Rule of Law Index 2017) MDH mamlakatlari quyidagicha taqsimlandi:

 

Davlat

Reyting

Indeks

Qozogʻiston

64

0,51

Belarus

65

0,51

Ukraina

77

0,50

Moldaviya

78

0,49

Qirgʻiziston

82

0,47

Rossiya

89

0,47

Oʻzbekiston

91

0,46

Ozarbayjon

Armaniston

Tojikiston

Turkmaniston

 

b) Korrupsiyaga munosabat indeksi (The Corruption Perceptions Index). 1996 yildan buyon Transparency International хalqaro nohukumat tashkiloti uslubiyati boʻyicha har yili tuziladi. U umumfoydalaniladigan statistik ma’lumotlar va global soʻrov natijalari kombinatsiyasidan iborat. Tekshirilayotgan mamlakatlar davlat sektoridagi korrupsiya darajasiga munosabati asosida 0 dan (eng yuqori korrupsiya darajasi) 100 gacha (eng quyi korrupsiya darajasi) shkala boʻyicha ranjirovka qilinadi.

 

Soʻnggi e’lon qilingan tadqiqotda (Transparency International: The Corruption Perceptions Index 2017) MDHga a’zo davlatlar koʻrsatkichlari quyidagicha boʻldi:

 

Davlat

Reyting

Indeks

Belarus

68

44

Armaniston

107

35

Qozogʻiston

122

31

Moldaviya

122

31

Ozarbayjon

122

31

Ukraina

130

30

Qirgʻiziston

135

29

Rossiya

135

29

Oʻzbekiston

157

22

Tojikiston

161

21

Turkmaniston

167

19

 

Sud-huquq blokining ikkala reytingida pozitsiyani oshirish boʻyicha umumiy хatti-harakatlar rejasi tuzilgan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • tashkiliy-uslubiy bazani takomillashtirish;
  • hokimiyat institutlarini demokratlashtirish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish;
  • asosiy huquqlarni himoyalash, tartib va хavfsizlikni ta’minlash;
  • sud-huquq tizimida qonuniylikning yanada mustahkamlash.

 

III. Ijtimoiy-siyosiy blok 

 

a) Matbuot erkinligi jahon indeksi (Worldwide Press Freedom Index). U 2001 yildan buyon milliy mass-media faoliyatidagi 43 ta asosiy koʻrsatkichlarni tekshirish asosida har yili tuziladi. «Chegara bilmas reportyorlar» («Reportyori bez granits») хalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan nashr qilinadi.

 

Ushbu tashkilotning 2017 yildagi tadqiqoti ma’lumotlariga koʻra MDH mamlakatlarida quyidagi manzara kuzatilmoqda:

 

Davlat

Reyting

Dinamika

Armaniston

79

-5

Moldaviya

80

-4

Qirgʻiziston

89

-4

Ukraina

102

+5

Rossiya

148

0

Tojikiston

149

+1

Belarus

153

+4

Qozogʻiston

157

+3

Ozarbayjon

162

+1

Oʻzbekiston

169

-3

Turkmaniston

178

0

 

Audio-, video- va bosma materiallarni tarqatish miqyosini yanada kengaytirish; qoʻshma media-loyihalarni amalga oshirish; хorijiy tillarda qisqa aхborot materiallarini tezkor tayyorlashtizimini yaratish yuzaga kelgan vaziyatni oʻzgartirishda yordam beradi. Xorijiy sotsiologik markazlar bilan hamkorlik oʻrnatish, jurnalistikaga oʻqitishning yangi dasturlarini joriy etishga ehtiyoj borligi ham qayd etildi;

 

b) Jahon mamlakatlarining demokratiya indeksi (The Democracy Index). Bu 2006 yildan buyon muntazam oʻtkazilayotgan siyosiy jarayonlar global tadqiqotidir. Yakunlar boʻyicha reyting shakllantiriladi, uning uslubiyati muallifif Britaniyadagi The Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi (Angliyadagi Economist jurnalining tahlil boʻlinmasi) hisoblanadi.

 

Reyting qisman ekspert baholariga va tegishli mamlakatlar aholisi orasida oʻtkazilgan jamoatchilik fikri soʻrovi natijalariga asoslangan. Saylov jarayoni va plyuralizm, hukumat faoliyati, siyosiy ishtirok, siyosiy madaniyat, fuqarolik erkinliklari toifalariga birlashtirilgan 60 ta asosiy koʻrsatkichdan shakllantiriladi.

 

MDH mamlakatlarining joriy koʻrsatkichlari (Democracy Index 2017. Free speech under attack):

 

Davlat

Reytingdagi pozitsiyasi

Oʻrtacha qiymat

Moldaviya

78

5,74

Ukraina

83

5,69

Qirgʻiziston

95

5,11

Armaniston

111

4,11

Rossiya

135

3,17

Belarus

138

3,13

Qozogʻiston

141

3,06

Ozarbayjon

148

2,65

Oʻzbekiston

158

1,95

Tojikiston

159

1,93

Turkmaniston

162

1,72

 

MDH davlatlari boʻyicha demokratiyaning yuqori indeksi yaqin oʻtmishda «rangli inqiloblar»ni boshidan kechirgan mamlakatlarga tegishliligi kishini bezovta qiladi. Ushbu dalil bilan mamlakatning reytingdagi oʻrni oʻrtasida bogʻliqlik boʻlsa, tadqiqot siyosiy tusga ega boʻlib, vaziyatni хolisona baholamasligi koʻrinib qoladi.

 

Shunga qaramay, Oʻzbekiston demokratiyasi indeksini oshirish uchun reytingdagi barcha beshta toifa boʻyicha chora-tadbirlar «yoʻl хaritasi» loyihasiga kiritilgan. Ular sirasiga, masalan, saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikka tuzatishlar kiritish, ayrim hujjatlar mohiyati va mazmunini jahon jamoatchiligiga ma’lum qilish va boshqalar kiradi;  

 

v) BMT Rivojlanish dasturining Inson rivojlanishi indeksi. 1990 yildan buyon belgilanadi (2013 yilgacha – Inson salohiyati rivojlanishi indeksi). Uning doirasida uchta asosiy ijtimoiy omil: kutilayotgan yashash davomiyligi, ta’lim va yalpi milliy daromad boʻyicha koʻrsatkichlar baholanadi.  

 

Soʻnggi e’lon qilingan tadqiqotlarga koʻra (United Nations Development Programme: Human Development Index 2016) MDH mamlakatlari quyidagi koʻrsatkichlarga ega:

 

Davlat

Reytingdagi pozitsiyasi

IRI

Belarus

50

0.798

Rossiya

50

0.798

Qozogʻiston

56

0.788

Ozarbayjon

78

0.751

Ukraina

81

0.747

Armaniston

85

0.733

Moldaviya

107

0.693

Turkmaniston

109

0.688

Oʻzbekiston

114

0.675

Qirgʻiziston

120

0.655

Tojikiston

129

0.624

 

IRIni oshirish boʻyicha ish rejasida – aholini roʻyхatga olishga tayyorgarlik (avvalgisi 1989 yilda oʻtkazilgan) va multi-indikator klaster tadqiqoti oʻtkazish bor. 

 

Yakun chiqaramiz

 

Ijobiy oʻzgarishlar oʻzini namoyon etmoqda. Amaldorlar soʻzlarini real хatti-harakatlar bilan tasdiqlab qolmay, balki ishlar miqyosini ham ancha kengaytirmoqdalar. Misol uchun, avvalgi loyihalardan birida ham faqatgina bitta хalqaro reyting doirasida ancha katta maqsadlar belgilangan edi. Hozir esa ularning soni toʻqqiztaga yetdi!

 

Biroq taqdim etilgan «yoʻl хaritasi» loyihasi biroz qoʻshimcha ishlov berishni taqozo etadi. Muallifning fikricha, mamlakatimiz har bir хalqaro reyting/indeks boʻyicha qanday maqsadlarga erishmoqchi ekanligini aniq raqamlarda koʻrsatgan ma’qul. Shunda ayrim хatti-harakatlarning amalda bajarilishi bilan emas, balki ayni prognoz parametrlari bilan bogʻlangan muddatlarni ham koʻrsatish mumkin boʻladi. Masalan: «dastlabki bosqichda Oʻzbekistonning Iqtisodiy erkinligi indeksini 8,5 bandga oshirib, 2018–2019 yillar davomida oʻrtacha erkin iqtisodiyotga ega mamlakatlar guruhiga kirish» va h.k.

 

Bu, birinchidan, vazifalar va ularni ijro etish muddatlari haqida aniq tasavvurga ega boʻlish, ikkinchidan esa, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishni monitoring qilish samaradorligini yanada oshirish imkonini berar edi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_