Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKdan Navroʻz tuhfasi

01.03.2018

Navroʻz bayrami munosabati bilan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK  ichki yoʻnalishlarga 30%dan 50%gacha chegirma e’lon qildi.

Ichki yoʻnalishlarda e’lon qilingan chegirmalar: 

  • 30% — yakka tartibdagi yoʻlovchilar uchun;
  • 40% — 5 kishidan ortiq turistik guruhlar uchun 
  • 40% — 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar, maktab, kollej va litsey oʻquvchilari va universitet talabalari uchun;
  • 50% — ikki yoki undan koʻp kishidan iborat oila a’zolari uchun. Shuningdek 2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni kuzatib borayotgan ota-onalar uchun.

 

Ushbu chegirmalar 2018 yilning 18, 19, 20, 21 va 22 mart kunlari amalga oshiriladigan barcha ichki qatnovlarda amal qiladi.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.