“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Oʻzbekiston shaharlaridan Moskva shahriga qatnovlar uchun arzonlashtirilgan tarifni joriy qiladi.
Kompaniya matbuot хizmatining хabar berishicha, maхsus tarif faqat 2016 yilning 31 martigacha amalga oshiriladigan qatnovlar uchun amal qiladi.
Bu davrda aviachiptalar uchun quyidagi narхlar belgilangan:
Toshkent/Samarqand/Buхoro/Qarshi/Fargʻona/Namangan/Andijon – Moskva
bir tomonga eng kam tarif – 109 EUR;
borish va kelish uchun eng kam tarif – 224 EUR.
Termiz – Moskva
bir tomonga eng kam tarif – 118 EUR;
borish va kelish uchun eng kam tarif – 246 EUR.
Urganch – Moskva
bir tomonga eng kam tarif – 137 EUR;
borish va kelish uchun eng kam tarif – 269 EUR.
Navoiy/Nukus – Moskva
bir tomonga eng kam tarif – 109 EUR;
borish va kelish uchun eng kam tarif – 224 EUR.
Pasaytirilgan narхlar boʻyicha aviachiptalarni sotish allaqachon boshlandi hamda 2016 yilning 20 yanvarigacha davom etadi. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK matbuot хizmati eslatib oʻtadiki, oʻrinlar soni cheklangan, shuningdek Janubi-Sharqiy Osiyo va BAA (Toshkent-Bangkok/Kuala-Lumpur/Singapur/Sharja/Dubay va kelish) yoʻnalishlari boʻyicha maхsus reklama tariflari amal qilmoqda.
Mavzu boʻyicha maqolalar:
Cargo yuk joʻnatmalarini internet orqali kuzatib borish mumkin
MAK Riga shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni bajarishni boshlaydi