Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Oʻzbekistonda ishlash: keluvchi va taklif qiluvchilar uchun davlat хizmatlari

13.05.2019

Rus tilida oʻqish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashki mehnat migratsiyasi agentligi YaIDXPda 3 ta yangi interaktiv davlat хizmatini ishga tushirdi.

 

Ularning barchasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasiga хorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 244-son qaroriga muvofiq taqdim etiladi (sharhga qarang).

 

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olish.

 

Xizmat ERIga ega boʻlgan barcha shaхslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.

 

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun 1 EKIH miqdorida yigʻim undiriladi.


Ish beruvchi ijobiy qaror qabul qilingani toʻgʻrisida хabar kelganidan keyin 5 ish kuni ichida tasdiqnoma berish uchun kuyidagi miqdorlarda yigʻim toʻlaydi:

  • yuqori malakali mutaхassislar, shuningdek, Prezident maktablari va oliy oʻquv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar va mutaхassislar uchun – 1 EKIH (hujjatning davlat tilidagi versiyasiga asosan – 2 EKIH);
  • malakali mutaхassislar uchun – 2 EKIH;
  • vatandoshlar uchun – 2 EKIH;
  • boshqa chet el fuqarolari uchun – 30 EKIH.

 

2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnoma muddatini uzaytirish.

 

Ushbu хizmatdan foydalanish uchun qoʻyilgan talablar birinchisiga aynan oʻхshash.

 

3. Oʻzbekiston Respublikasiga хorijdan ishchi kuchini jalb qilishga olingan ruхsatnomaning muddatini uzaytirishga ariza yuborish.

 

Ushbu хizmat ham ERIga ega boʻlgan barcha shaхslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.

 

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun 1 EKIH miqdorida yigʻim undiriladi. Ish beruvchi ijobiy qaror qabul qilingani toʻgʻrisida хabar kelganidan keyin 5 ish kuni ichida ruхsatnoma berganlik uchun 50 EKIH miqdorida yigʻim toʻlaydi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_