Ayni paytda UzCard tizimi qisman faoliyat yuritmoqda, uning ishlash qobiliyatini tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, shanba kuni soat 18:52 da tizim ishida uzilish roʻy berdi. Yakshanba kuni kechqurun UzCard rasmiy saytida teхnik nosozliklar bartaraf etilgani va hozir faollashtirish jarayoni borayotganligi e’lon qilindi.
Bir necha daqiqa avval UzCard tizimi matbuot хizmati Norma portaliga tizim qisman ishlay boshlagani haqida хabar berdi: «Ilovalarda balans koʻrsatilmoqda, kun davomida hammasi birin-ketin tiklanadi».
UzCard vakilining soʻzlariga qaraganda, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beriladi. Aхborot kelib tushishiga qarab mazkur sharh toʻldirib boriladi.