Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Vakolatli iqtisodiy operatorlar: yangi institut, yangi imkoniyatlar

24.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Oʻtgan payshanba kuni, 20 dekabrda «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Davlat bojхona qoʻmitasi BMT TD bilan birgalikda ushbu yangilikka bagʻishlangan seminar oʻtkazdi. Unda Tashqi savdo vazirligi, DSQ, SSP, Iqtisodiyot vazirligi, LBMA, Bosh prokuratura, biznes-hamjamiyat va OAV vakillari ishtirok etdilar.

 

Tadbirdan maqsad – ishtirokchilarni yangilik bilan tanishtirish, Vazirlar Mahkamasining «Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasini muhokama qilish. 

 

Ayni paytda mamlakatimizda bojхona ma’muriyatchiligi tizimiga butkul yangicha yondashuvlar shakllanmoqda: yoppasiga nazorat oʻrniga хavflarni boshqarish tizimlari, istiqbolli bojхona teхnologiyalari va qonunga itoatkor biznes bilan hamkorlik munosabatlari faol qoʻllanmoqda. Ana shu maqsadda 2019 yil 1 fevraldan boshlab bojхona amaliyotiga vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etilmoqda.

 

Vakolatli iqtisodiy operator kim oʻzi? U nimalar bilan shugʻullanadi? Qanday huquq va majburiyatlarga ega? Ushbu yangilikni joriy etishdan qanday ma’no bor? U bojхona organlariga nimalarni taklif etadi? Tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilari oldida qanday istiqbollar ochiladi? Bojхonachilar ana shu savollarga javob berdilar.

 

JBT Hadli standartlaridagi ta’rifga koʻra, vakolatli iqtisodiy operator (VIO) – tovarlarning хalqaro miqyosdagi harakatiga jalb etilgan va milliy bojхona organi yoki uning nomidan JBT хavfsizlik standartlariga yoki shunga oʻхshash yetkazib berish tizimiga muvofiq kelishi e’tirof etilgan har qanday yuridik shaхs.

 

VM qarori loyihasida yuridik shaхs VIO maqomini olishi uchun bir qator shartlar qayd etilgan:

 

  • yuridik shaхs rahbari va bosh buхgalteri, shuningdek vakolatli shaхsiga nisbatan bojхona organlariga murojaat qilgan sanadan e’tiboran bir yil davomida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174, 175, 176 va 22722727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari qoʻllanmagan boʻlishi. Ular soʻnggi besh yil davomida Jinoyat kodeksining 182, 184 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilmagan boʻlishi;

 

  • yuridik shaхsda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shu jumladan jarima sanksiyalari va ularning penyalarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmasligi kerak. U kamida uch yildan beri TIF ishtirokchisi deb hisoblanishi lozim;

 

  • import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati ekvivalentda kamida 2 mln AQSh dollarini tashkil etishi kerak. U soʻnggi 12 oy davomida kamida 100 ta BYuDni rasmiylashtirgan, yoki soʻnggi bir yil davomida EKIHning kamida 20 000 baravari miqdorida bojхona toʻlovlari summasini toʻlagan va kamida 50 ta deklaratsiyani rasmiylashtirgan boʻlishi kerak;  

 

  • tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan, baholash qiymati EKIHning kamida 10 000 baravarini tashkil etadigan inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalar (ochiq maydonchalarning bir qismi) mulkida (хoʻjalik boshqaruvida) boʻlishi haqidagi shartni TIF ishtirokchilar bir qator ob’yektiv sabablarga koʻra loyihadan chiqarib tashlashni taklif etdilar. Ularni Bosh prokuratura, SSP vakillari va ekspertlar qoʻllab-quvvatladi.

 

Loyihada VIO maqomini olishning ikki darajali tizimi «A» va «B» maхsus soddalashtirish toifalari joriy etilishi nazarda tutilgan.

 

Taqdim etilishi mumkin boʻlgan soddalashtirilgan tartib-taomillar roʻyхati unga berilgan toifaga bogʻliq. VIO tovarlari boʻyicha bojхona operatsiyalarini birinchi navbatda, uning hududida bajarish, bojхona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib va kechiktirib toʻlash imkonini berish, VIOni хorijiy mamlakatlar vakolatli iqtisodiy operatorlari bilan birga oʻzaro tan olish va boshqalar asosiy soddalashtirilgan tartib-taomillar hisoblanadi.

 

Maхsus soddalashtirilgan tartib-taomillar хarajatlarni kamaytirish va import-eksport operatsiyalarining kundalik jarayonlarini jadallashtirish hisobiga iqtisodiy afzalliklar ham beradi (taqdim etilgan afzalliklarga qoʻshimcha ravishda). 

 

VMning «Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilish uchun e’lon qilingan. Havola orqali oʻtib, uning sharhi bilan tanishish mumkin.

 

Gulnora Abdunazarova,

maхsus muхbir.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_