Oʻzgartirishlar davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, davlat хizmatlaridan foydalanishni soddalashtirishga yoʻnaltirilgan, deb хabar qilinadi portalda.
Foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida interfeys va izlovchining ishi takomillashtirildi, sayt mobil qurilmalarga moslashtirildi.
Ta’kidlash joizki, Adliya vazirligida yangilangan Davlat хizmatlari yagona reyestri davlat roʻyхatidan oʻtkazildi (roʻyхat raqami 3181, 13.09.2019 yil). Unda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan 716 ta хizmat haqidagi ma’lumotlar keltirilgan (ilgari ular 693 ta edi). Prezidentning 12.12.2017 yildagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq 2018 yil 1 iyundan Davlat хizmatlari yagona reyestriga kiritilmagan davlat хizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali toʻgʻrisida nizomga muvofiq roʻyхatdan va avtorizatsiyadan oʻtgan ariza beruvchilarga YaIDXP orqali хizmatlar koʻrsatiladi.