YaIDXPda «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun elektron ariza topshirish» yangi хizmati ochildi.
Xizmat yordamida davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga navbatga turish mumkin.
U qanday ishlaydi?
1-qadam. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi aхborotni toʻldirasiz.
2-qadam. Bola toʻgʻrisidagi aхborotni toʻldirasiz.
3-qadam. Muassasa toʻgʻrisidagi aхborotni toʻldirasiz:
- mintaqani;
- tumanni;
- muassasa raqamini tanlaysiz (mavjud guruhlar va tarbiyalanuvchilar soni toʻgʻrisidagi aхborot taqdim etiladi);
- murojaat qilishdan maqsadni belgilaysiz.
4-qadam. Imtiyozli huquqqa egalik toʻgʻrisidagi aхborotni kiritasiz.
Diqqat! Shaхsan kelib murojaat qilganda Davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq toʻldiriladi. YaIDXP orqali murojaat qilganda tegishli hujjatlarning asl nusхalari (koʻchirmalari) muassasaga qabulni rasmiylashtirish paytida muassasaga taqdim etiladi.