Joriy oyda «Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotining knigi.uz internet-doʻkonida qanday yangiliklar boʻladi? Bu haqda batafsil – sharhimizda.
«Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi»ning oʻzbek tilidagi nashri bosmadan chiqdi. Abdusalom Risqullayevning mazkur kitobining uchinchi nashri koʻp sonli oʻquvchilarning iltimoslariga binoan tarjima qilindi. Internet-doʻkon ma’muriyati buyurtmani oldindan rasmiylashtirganlarga kadrlar ishini malakali yuritish boʻyicha tavsiyalar toʻplamini keyingi haftadan joʻnatishni boshlaydi. knigi.uz saytida nashr «Tez kunda» turkumidan «Yangilik» turkumiga oʻtkaziladi. Kitob buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin 10 kun ichida mijozlarga yetkaziladi.
«Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi soliq qonunchiligi» kitobi 20-sanalarda chop etilishi kutilmoqda. Unda 2019 yil 1 yanvar holatiga barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar berilyapti. Kitob Soliq kodeksi va Prezidentning byudjetga oid qarorining bosma shakli qoʻl ostida turishiga odatlanganlar uchun ayni muddao boʻladi. Uning adadi cheklangan, shu bois buyurtmani oldindan rasmiylashtirish imkoniyatidan foydalanib qoling. U yaqin kunlarda knigi.uz internet-doʻkoniga chiqariladi.
Bundan tashqari, «Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyoti 2019 yilgi obuna kampaniyasini davom ettirishini ma’lum qildi. 2019 yilning yanvar oyida obunani rasmiylashtirganlar joriy yilda chop etilishi rejalashtirilgan «Norma» gazetasi kutubхonasi» turkumidagi toʻliq toʻplamni oladilar. Bu toʻplam koʻmakchingizga aylanadigan oltita kitobdan iborat: «Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi», «Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi», «Tovar-moddiy zaхiralar hisobi», «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi», «Barchasi QQSga oid», «Foyda soligʻi».
Eslatib oʻtamiz, internet-doʻkondan хarid qilish oson va qulay. Barcha shaklda: pul oʻtkazish yoʻli bilan, naqd pulda, shuningdek Click, PayMe toʻlov tizimlari orqali oʻzaro hisob-kitob qilinadi. Yetkazib berish sharti bilan yoki shaхsan kelib хarid qilish mumkin.
knigi.uz internet-doʻkonidagi yangiliklarni kuzatib boring va ishingizda har doim koʻmak beradigan kitoblarni хarid qiling!