Poytaхtimizda kameralar ishga tushirilganidan keyin haydovchilar sarosimaga tushib qolishdi. Chunki qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori oz emas. Ayniqsa, birvarakayiga bir nechtalab maktub olganlardan: “jarima summasini tushirish kerak”, “hamma ham хato qiladi qabilidagi soʻzlar ham quloqqa chalindi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- YHQni buzganlik uchun eng katta jarimalar solinadigan davlatlar
YHQni buzganlik uchun eng katta jarimalar solinadigan davlatlar
28.03.2017

Jumladan, NORMAl ekspertlar ham qoidabuzarliklarning ba’zi turlari (toʻхtash chizigʻi) uchun jarimalarni kamaytirish taklifi bilan chiqishdi.
Ammo dunyoning ayrim mamlakatlari bilan qiyoslaganda bizdagi jarima summalari u qadar yuqori emas ekan. Jahonda tezlikni juda oshirib yuborish (+60 km/s) hamda mast holatda avtomobil boshqarish uchun solinadigan jarimalar eng ogʻirlari sanaladi.
Bugun yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun eng katta jarimalar solinadigan mamlakatlar 10 taligini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Kanada
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – $10 000 gacha;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $144;
Avtomobilni mast holatda boshqarish – $600;
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $100;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik – $1000 gacha.
2. Buyuk Britaniya
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – 1000 funtdan boshlanadi;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — 1800 funt;
Avtomobilni mast holatda boshqarish – 3 ming funt;
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – 40 funtdan boshlanadi;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik – 500 funtgacha.
3. Germaniya
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – €400-€480;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — €90-€360;
Avtomobilni mast holatda boshqarish – €500 dan €3000 gacha;
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €10-€25;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik – €30.
4. Irlandiya
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – €80;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — €90;
Avtomobilni mast holatda boshqarish – €5000 gacha jarima va 1-3 yilga boshqarish huquqidan mahrum etilishi mumkin;
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €70-€80;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik – €60dan boshlanadi.
5. Italiya
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – €750 dan €3119 gacha;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — €90;
Avtomobilni mast holatda boshqarish – €500-€2000 jarimadan 1-2 yilgacha boshqarish huquqidan mahrum etishgacha;
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €19-€75;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik – €75-€300.
6.Xitoy
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – $300;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $30;
Avtomobilni mast holatda boshqarish — $75-310, 15 sutkaga qamash, 3-6 oygacha boshqarish huquqidan mahrum etishgacha. Mast holatda avtomobil boshqarish odam oʻlimiga sabab boʻlgan boʻlsa, bunday holatni yuzaga keltirgan haydovchi oʻlimga hukm etiladi;
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $16;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik — $8.
7. AQSh
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – $500;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $50;
Avtomobilni mast holatda boshqarish — $390-1000. Boshqarish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $35dan boshlanadi;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik — $50.
8. Finlyandiya
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – jarima summasi qoidabuzarning daromadi miqdoriga bogʻliq, kamida – €115;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — jarima summasi qoidabuzarning daromadi miqdoriga bogʻliq, kamida – €64;
Avtomobilni mast holatda boshqarish – jarima summasi qoidabuzarning daromadi miqdoriga bogʻliq, kamida – €90;
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €10 dan €40 gacha;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik – €35.
9. Fransiya
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – €1500;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — €90;
Avtomobilni mast holatda boshqarish – €135 dan €4500 gacha, 3 yilgacha boshqarish huquqidan mahrum etish qoʻllanilishi ham mumkin.
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €10;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik – €135.
10. Yaponiya
Tezlikni 60 km/soatga oshirish – kamida $800;
Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $420;
Avtomobilni mast holatda boshqarish — $8700;
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $830;
Xavfsizlik kamarini taqmaslik — $450.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Mavzuga doir materiallar:
- Chet el pasportlarini joriy etish – vaqt bilan bogʻliq masala
- FVV tekshiruvlarni qanday oʻtkazadi
- Profilaktika inspektorlari aholi oldida qanday hisobot beradi?
- Havo kemasi ekipaji a’zolari qoidabuzar yoʻlovchilarga nisbatan dalolatnoma tuzadi
- Kredit tashkilotlari alohida mijozlarni kuchaytirilgan tarzda tekshiradi
- Diptransport haydovchilariga kameralar boʻyicha jarima solish boshlanadi
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.
![]() |
Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya. |
Yangi sonlarda oʻqing

- Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati kengaytirildi
- Oʻquv ta’tili uchun haq qanday toʻlanadi
- Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- Stajni sotib olaman
- Tashqi oʻrindoshlik: mehnat shartnomasini bekor qilishga doir