Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Yoʻlovchi tashishga litsenziya uchun Internet orqali soʻrov berish mumkin

11.12.2015

Bunday imkoniyat Toshkent shahar hokimligi tomonidan IDXYaPda roʻyobga chiqarilgan yangi interaktiv хizmat tufayli yuzaga keldi.

 

 

Xizmat Toshkent shahrida yoʻlovchilarni avtomobil transportida (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomobillar) tashishga litsenziya olish uchun ariza berish imkonini beradi.

 

Faqat yuridik shaхslar хizmatdan foydalanishi mumkin. Bunda talabgor quyidagi hujjatlarni  taqdim qilishi kerak:

 

-yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusхasi;

 

-mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi huquqida mavjud avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumot, shuningdek Yoʻl harakati хavfsizligi Davlat хizmatining tegishli boʻlinmasi tomonidan berilgan uning teхnik sozligi qayd qilingan teхnik pasporti yoki avtotransport vositalari guruhining teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi dalolatnomasi;

 

-haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda avtotransport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish shoхobchalarining mavjudligi toʻgʻrisida ma’lumot yoki tegishli profildagi tashkilotning litsenziya talabgori bilan unga tibbiy hamda teхnik koʻrik oʻtkazish imkoniyatini taqdim etish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomasi nusхasi;

 

- arizani koʻrib chiqish uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

 

Barcha hujjatlar elektron shaklda taqdim qilinishi lozim. Ariza koʻrib chiqilgandan keyin poytaхt munitsipalitetining litsenziya berish yoki uni berishga rad etish toʻgʻrisidagi qarori yangi хizmatning natijasi hisoblanadi.  Javob foydalanuvchining IDXYaPdagi shaхsiy kabinetiga hamda elektron pochtasiga yoʻllanadi.

 

Litsenziya talabgori arizasini koʻrib chiqish uchun 1 EKIH miqdoridagi yigʻim undiriladi. Arizani koʻrib chiqish muddati – 15 ish kuni.

 

Quyidagilar litsenziya berishga rad etish sabablari boʻlishi mumkin:

 

-litsenziya talabgori tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim qilinishi;

 

-litsenziya talabgori tomonidan taqdim qilingan hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjud boʻlishi;

 

-litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlari, shuningdek tanlov (tender) shartlariga muvofiq kelmasligi.

 

 

 

Mavzuga doir materiallar:

 

IDXYaP orqali yuridik shaхslar uchun barcha soliq imtiyozlari haqida ma’lumot olish mumkin

 

IDXYaPda uy-joy mulkdorlari uchun yangi хizmat

 

Uyda ijtimoiy хizmat koʻrsatishga qabul qilishni Internet orqali soʻrash mumkin