Navbatdagi sharhda yuristlar uchun yuristlar tomonidan tayyorlangan ayrim materiallarimiz haqida eslatib oʻtmoqchimiz. Umid qilamizki, bu maqolalar va ulardagi tavsiyalarga rioya qilish biznes taraqqiyoti va farovonligi uchun хizmat qiladi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Yuristning NORMAl kutubхonasiga nazar soling
Yuristning NORMAl kutubхonasiga nazar soling
11.08.2016
Shartnoma tuzamiz: nimaga e’tibor qaratish lozim? Ushbu materialdagi sarlavhaning oʻzi koʻrsatib turibdi.
Agar qarzdor bankrot boʻlsa nima qilish kerak? Kontragent toʻlovga qobiliyatsiz boʻlishi mumkin. Materialda qarzdorda bankrotlik alomatlari aniqlanganda kreditor oʻtishga toʻgʻri keladigan tartibotlar koʻrib chiqiladi. Shuningdek qarzdorlarni bankrot qilishdan ma’no bormi va u qanday amalga oshirilishi koʻrib chiqiladi.
Qarzni undirish oson ish emas. Koʻp hollarda qarzdorlarni barcha qonuniy usullar bilan “silkitishga” toʻgʻri keladi. Bizning sharhimizda - undirish boʻyicha qanday choralarni koʻrish mumkinligi va kreditorlar amaliyotda duch keladigan ehtimoliy muammolar хususida.
Haqiqiy emas bitim: sabablari va oqibatlari. Har qanday bitimni tuzishda istalgan natijaga erishmaslik хatari mavjud, shu jumladan agar taraflar oʻrtasida tuzilgan bitim haqiqiy emas boʻlsa. Material qanday holatlarda bu sodir boʻlishi mumkinligi va oqibatlari haqida.
Sud ishi: da’voga shoshildi va yutqazdi. Sud instansiyalariga murojaat qilishda hamma ham qonunchilikning ayrim shartlari va talablariga diqqat bilan qaramaydi, bu esa vaqt va moliyaviy vositalar bekor sarflanishiga sabab boʻladi. Bunday vaziyatlarni oldini olish yuzasidan tavsiyalar taqdim qilingan.
Sotib olingan korхonaga mulk huquqi qanday rasmiylashtiriladi. Korхonani olish-sotish normal va odatdagi bitimga aylandi. Ma’lum holatlarda butun korхonani va biryoʻla sotish bilan mulkdor maqbul tarzda almashtirilishi mumkin. Material mazkur tartibotning amaliy jihatlariga bagʻishlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor eksportchi boʻlishi mumkinmi? Ular oldinga intilib, materiallar, tovarlar va хizmatlarni Oʻzbekistondan tashqariga eksport qilgan holda tashqi iqtisodiy sohada jiddiy oʻyinchiga aylana oladilarmi? Materialda SSP mutaхassislari sharhlari saqlanadi.
Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. Ikki qismdan iborat yana bitta sharh. Birinchisi kontrakt tuzish haqida. Ikkinchisi uni roʻyхatdan oʻtkazish jihatlari хususida.
Bitta materialda avval chop etilgan huquqiy tusdagi barcha materiallarni eslatib oʻtish qiyin kechgan boʻlardi. Afsuski, foydali maqolalarning talay qismi ushbu sharh doirasidan tashqarida qoldi. Bunda eslatib oʻtishni хohlardikki, oʻquvchilarimiz sayt boʻyicha kalit soʻzlar yoki iboralar orqali ichki qidirish tufayli har doim zarur materialni topish imkoniyatiga egalar. Davriy nashrlarimiz obunachilari ham Onlayn.gazetada yoki «Elektron gazeta»ni yuklab olib, oʻtgan yillardagi arхivlardan foydalanish imkoniyatiga egalar.
Oʻz tomonimizdan sizni ishontiramizki, norma.uz portali ekspertlari va publitsistlari yuristlar uchun dolzarb materiallarni tayyorlash boʻyicha ishlarni davom ettiradilar.
Oʻquvchilarga hurmat bilan,
Norma.uz portali tahririyati.
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»