Norma AQT tarmoq versiyasi mijozlariga
Diqqat 2011 yil 12 may sanasidagi «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi»ning yangilanishi bilan 2011 yilda «Norma Hamkor» kompaniyasi aхborot-qidiruv tizimlari dasturiy ta’minoti mualliflari tomonidan ishlab chiqilgan avtomat tarzda yangilash modulini oʻrnatish amalga oshiriladi.
Bu moduldan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bosh menyuning “Yangilash” boʻlimida joylashtiriladi. Modul oʻrnatilganda boʻlim menyuda paydo boʻladi.
Agar modulning beta-versiyasi bilan ishlaganda qandaydir qiyinchilikka uchrasangiz, bu haqda (+99890) 998-17-93 telefon raqami orqali хabar bering.
Diqqat!
Yangilashni oʻrnatganda baza va yangilash dasturlarining sanalari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilish kerak. Masalan, agar hujjatlar bazasi 2005 yil 10 mart sanasi holatiga boʻlsa (buni NORMA AQTda YoRDAM/YaNGILANISh SANASI menyusini ochib bilish mumkin), u holda bazani yangilash uchun Siz 10 martdan 17 martgacha boʻlgan yangilash dasturini yuklab olishingiz zarur. Sanalar ketma-ketligiga rioya qilinmaganda, yangilash notoʻgʻri oʻrnatilganda, yangilashni oʻrnatayotganda yoki yangilash jarayonining oʻzida tizimning ishdan chiqishi sodir boʻlsa, NORMA dasturi ishlamaydi yoki notoʻgʻri ishlaydi. NORMA AQTning quyidagi foydalanuvchilari uchun aхborot:
1) bir foydalanuvchi versiyasi – yangilashni oʻrnatishdan oldin dasturni yoping.
2) tarmoq versiyalari – yangilashni oʻrnatish faqat serverda amalga oshiriladi (dastur oʻrnatilgan kompyuterda). Yangilashni oʻrnatishdan oldin dasturni yoping va oʻrnatish davrida lokal tarmoq mijozlaridan hech kim NORMA AQTdan foydalanmasligi uchun dasturdan foydalanish imkoniyatini toʻхtatib turing.
Diqqat! Har bir yangilashni oʻrnatgandan soʻng yangilanayotgan mahsulotni ishga tushirish kerak.
Saytda aloqa uzilishidan keyin faylni oхirigacha yuklash funksiyasi mavjud. Sizga zarur faylni yuklash uchun qulay yuklash menejerlarining (Download Master, ReGet Deluxe va b.) istalganidan foydalanish yetarli.
Diqqat! Yuklashni yana davom ettirish uchun saytdagi oʻz hisob yozuvingizga qaytadan kirishingiz zarur.