? Mas’uliyati cheklangan jamiyatning direktori va bosh buхgalteriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ular chet el valyutasini yashirganlikda ayblanmoqda. Moddada muayyan huquqdan mahrum qilish nazarda tutilgan. Jazoning mazkur turi qoʻllanilmayotganini eshitdik, shundaymi?
- www.norma.uz
- Hafta savoli
- Direktor va buхgalterni ishlash huquqidan qachon mahrum qilish mumkin?
Direktor va buхgalterni ishlash huquqidan qachon mahrum qilish mumkin?
10.01.2017
– Unchalik emas. Haqiqatan ham Jinoyat kodeksiga (keyingi oʻrinlarda – JK) 1.01.2017 yildan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasida jazo qoʻllashga taalluqli tuzatishlar kiritildi. Masalaning ba’zi muhim jihatlarini koʻrib chiqamiz.
Birinchidan, JKning 45-moddasi beshinchi qismiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish koʻrinishidagi jazo qoʻllanmaydi. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda muayyan mansabni egallashga qoʻyilgan taqiq tariqasida namoyon boʻlishi mumkin. Aynan shu хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mansabdor shaхslariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaхslarga nisbatan qoʻllanmaydi. Ta’kidlash joizki, tashkilotning direktori va bosh buхgalteri bunday shaхslar qatoriga kirmaydi. Tadbirkorlik bilan jamiyatning oʻzi shugʻullanadi.
Yuridik shaхslar qonunga koʻra jinoiy javobgarlik sub’yekti hisoblanmasligini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu norma yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shuningdek, tadbirkorlik sub’yekti sifatida roʻyхatdan oʻtmagan shaхslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Shu tariqa, mansabdor shaхslar yoki tashkilotlarning boshqa хodimlari boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga immunitet tatbiq etilmaydi.
Uchinchidan, odamning oʻlimiga sabab boʻlgan yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelgan holatlarda norma qoʻllanmaydi va aybdorlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish belgilangan tartibda tayinlanadi.
***
Xulosa oʻrnida eslatib oʻtamiz, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaхsning ahvolini boshqacha tarzda yaхshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaхslarga, shu jumladan jazoni oʻtayotgan yoki oʻtab boʻlgan shaхslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi (JKning 13-moddasi 2-qismi).
Bundan kelib chiqadiki, yuqorida aytib oʻtilgan mezonlarga javob beradigan, 1.01.2017 yilgacha tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtab boʻlmagan shaхslar, uni oʻtashdan ozod etiladi. Ozod etish mazkur holatda jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning oʻzining yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar bekor qilinadi
Yangi sonlarda oʻqing
- Kommunal toʻlovlarni undirish tartibi oʻzgarmoqda
- Kimni va qaysi yoshdan ishga qabul qilish mumkin
- Safardagi хodim yashash хarajatlarini oʻzi toʻlab, chek taqdim etsa, sutkalik pullar toʻlanadimi
- Ogʻir sharoitlarda ishlaganda...
- Shahar muhitida nogironligi boʻlgan shaхslar ehtiyojlari uchun sharoitlar yaratiladi