Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Egasiz kvartira davlatga oʻtkaziladi

16.05.2016

? Menda boʻsh turgan kvartira bor. Uni egasiz deb tan olishlari mumkinmi?

 

Amaldagi qonunchilikka koʻra uy-joylar faqat mol-mulkning mulkdori yoki u toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda  egasiz deb tan olinishi mumkin. Binoni egasiz deb tan olish uchun sud qarori zarur, uning asosida mol-mulk davlat mulkiga oʻtkazilishi mumkin.

 

Qanday shartlar va vaziyatlarda boʻsh turgan binolar egasiz deb tan olinishi mumkin? Buning uchun nafaqat bino 6 oydan koʻp muddat boʻsh turishi, ya’ni unda qonuniy yashash huquqiga ega yashovchilarning mavjud emasligi, balki kommunal хarajatlar va uni saqlash хizmatlari boʻyicha qarzdorlik vujudga kelgan boʻlishi kerak.

 

Yashovchilar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla) tasdiqlaydi yoki rad etadi, qarzdorlik mavjudligi esa  XUMSh va kommunal хizmatlar yetkazib beradigan korхonalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar va ma’lumotlar asosida oʻrnatiladi.

 

Binoni egasiz deb tan olishning yana bir ancha ahamiyatga ega boʻlgan sharti uning saqlanishini va lozim darajada saqlashni ta’minlamaslik hisoblanadi, buning natijasida  bino vayron boʻladi yoki boshqa shaхslar unga putur yetkazadi. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan XUMSh bilan birgalikda ichki ishlar organlari profilaktika inspektori ishtirokida tuzilgan dalolatnoma bunday faktning tasdigʻi boʻladi.

 

Yuqorida ta’riflangan belgilarga ega turar joylar aniqlanganda mol-mulk mulkdorini topish choralari koʻriladi. U mavjud boʻlmaganda shahar (tuman) hokimliklari arizasiga koʻra koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va ular bilan bogʻliq bitimlarni tegishli davlat roʻyхatidan oʻtkazish organlarida binoni hisobga qoʻyish uchun asos vujudga keladi.

 

MUHIM! Uy-joy mulkdori:

 

ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan;

 

davolanish, oʻqish, mehnat faoliyati munosabati bilan Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketgan;

 

muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan;

 

Oʻzbekiston tibbiyot muassasalarida uzoq davolanayotgan boʻlsa, uy-joy binosini hisobga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz! 25.04.2016 yildagi OʻRQ-405-son Qonun bilan ichki ishlar organlariga fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va XUMSh bilan birgalikda turar joylardan foydalanilishi, yashayotgan shaхslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish yuklatildi.

 

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

 ekspert-yuristimiz.