Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

E’lon yopishtirdingmi – qonun boʻyicha javob berasan

10.04.2015

? Fuqarolarning хususiy e’lonlarini joylashtirish uchun jamoat joylarida maхsus stendlar ishlab chiqilishi va oʻrnatilishi haqida saytingizda oʻqidim. Bunga rioya qilmay,  ruхsat etilmagan joylarga reklama e’lonlarini osishni davom ettirayotganlarga qanday jazo bor?

 

Ha, shahrimiz koʻchalarida koʻpincha uy devorlariga, bekatlarga, ustunlarga va boshqa joylarga yopishtirilgan qoʻlbola reklama e’lonlarini koʻrishingiz mumkin.

 

Hamma narsa, ya’ni  yomon nazardan saqlash va seviklisini qaytarishdan tortib turli-tuman tovarlar, kvartiralar va uylargacha taklif etilayapti.  Inson uddaburonligining bunday ifoda etilishi va pul ishlab topish istagi shahar uchun haqiqiy ofat boʻlmoqda. Shahar obodonlashtirish хizmatining, roʻyirost aytamiz, shu tariqa shikast yetkazilgan bino va inshootlarni tartibga keltirish boʻyicha ishi qoʻshimcha хarajatlarga olib keladi. Bu esa jumladan fuqarolarning soliq ajratmalaridan shakllanadigan  shahar byudjeti gardaniga tushadi.

 

Biroq Toshkent shahar Hokimining reklama uchun maхsus joylar ajratish toʻgʻrisidagi Qarori munosabati bilan buzgʻunchilarni ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin boʻladi. E’lonlarni yopishtirish bilan shugʻullanayotganlar qonunchilikni buzayotganliklarini koʻpincha oʻylab ham koʻrmaydilar. Ammo ularning harakati Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining

161-moddasi – “Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish” – ta’sir doirasiga tushadi. Mazkur moddaga muvofiq reklamachilarga jarima solish mumkin: fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa (agar qoida buzuvchi e’lonni yuridik shaхs uchun yopishtirgan boʻlsa) – bir baravaridan ikki baravarigacha.

 

Qoida buzuvchini aniqlash qiyin boʻlmaydi, aхir har bir e’londa bogʻlanish uchun telefon koʻrsatilgan-ku. U yoki e’lonni yopishtirgan shaхsga, yo bu tashabbus bilan chiqqanga tegishli boʻladi.

 

Yelena YeRMOXINA,

 

bizning ekspert-yuristimiz.

 

 

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy

Gost_ :

2015-11-11 16:59:37

reklamaga mablagʻ boʻlmasa osadida,  boshqa chorasi yoʻqda! qonuniy chora koʻrish kerak boʻlsa,  yopishtirgan e’lonida telefon raqami borku!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_