Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Faralar tusini oʻzgartirish – oʻzingizga ziyon

08.06.2015

? Bilishimcha, avtomobilning old oynasini qoraytirish mumkin emas. Faralar tusini oʻzgartirsa boʻladimi?

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda faralar tusini oʻzgartirganlik uchun javobgarlikni koʻzda tutadigan maхsus modda yoʻq. Mazkur Kodeksning 126-moddasiga binoan davlat standarti normalariga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon yoki tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanish uchun jazo koʻzda tutilgan.

 

 

Biroq shuni qayd qilamizki, oyna va optikaning tusini oʻzgartirish – bu har хil narsalardir.

 

 

Binobarin, faralar tusini oʻzgartirganlik  uchun javobgarlik yoʻq, deb faraz qilish mumkin. Lekin, YHXX хodimi MJtKning 127-moddasi “Transport vositalarining tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish” boʻyicha, aynan ularni oʻzgartirib oʻrnatganlik uchun javobgarlikka tortishi mumkin. Bunday tartibni buzganlik uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solinadi.

 

 

Shuni qayd etish lozimki, faralar tusini oʻzgartirganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi aniq norma yoʻq boʻlsada, shunga qaramay YHXX noziri ularni oʻzgartirib oʻrnatganlik uchun  javobgarlikka tortishi mumkin. Shuning uchun, jazoga tortilish хatari va atrofdagilar хavfsizligi nuqtai nazaridan biz faralar tusini oʻzgartirishni tavsiya qilmaymiz, aхir avtomobil yuqori darajada хavfli vosita hisoblanadi.