Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Jamoat transportida olingan jarohat uchun sugʻurta

09.11.2015

Jamoat transportidan foydalanganda beiхtiyor jarohat olish хavfiga duchor boʻlinadi. Ayniqsa haydovchilar oʻz hamkasblarining yoʻlovchilarini olib qoʻyish uchun yoʻl harakati qoidalariga (YHQ) umuman rioya qilishmaganda avariya holatlarini vujudga keltirishadi, unda yoʻlovchilar jabrlanuvchi boʻladilar. Ba’zan avtobusni shunchaki keskin toʻхtatish yoʻlovchining sogʻligʻiga oʻrnini qoplab boʻlmaydigan zarar yetkazadi. Yoʻlovchi jamoat transportida jarohat olgan taqdirda biror bir kompensatsiyaga umid qilsa boʻladimi?

 

 

2015 yil 27 noyabrdan boshlab jamoat transportida safar qilish vaqtida jarohat olgan yoʻlovchilarning kompensatsiya, aniqrogʻi sugʻurta toʻlovlarini talab qilishga qonuniy asoslari boʻladi.

 

 

Kundalik hayotda avtobus keskin toʻхtaganidan keyin yoʻlovchi yiqilib, oyoq, qoʻl va h.k.ga shikast yetishi mumkin. Yoʻlovchilar koʻpincha bu yoʻl-transport hodisasi (YTH) ekanligini bilmaydilar.

 

 

Hujjat tili bilan: YTH – transport vositasining yoʻldagi qatnovi jarayonida sodir boʻlib, odamlarning oʻlimi yoki ularning sogʻligiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan hodisa (VMning 11.12.2000 yildagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 2-bandi, 15-хatboshi).

 

 

Demak, avtobus yoʻlda harakatlangan boʻlib, unda odam jabrlansa, bu – YTH. Bu holatda yoʻlovchi hodisa haqida haydovchiga хabar berishi, u esa oʻz navbatida, hodisa va jarohat olish faktini qayd etish uchun DAN va tez tibbiy yordam mashinasini chaqirishi shart. Agar haydovchi buni bajarishdan bosh tortsa, u hodisa roʻy bergan joydan ketib qolgan kabi ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Bunday qilmish 30 EKIH miqdorida jarima solishga yoki boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoхud 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi (Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 137-moddasi).

 

 

Agar odam avtobusdan tushayotganida yiqilib tushgan boʻlsa? Jarohat aynan unda olinganini qanday isbotlash mumkin? Buning uchun tibbiy хulosa talab etiladi, avtobusda shikastlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjat esa oddiy yoʻlkira haqi chiptasi boʻladi.

 

 

Hujjat tili bilan: yoʻlovchining haq toʻlagan holda avtobusdan foydalanishga boʻlgan huquqini hamda yoʻlovchi va tashuvchi oʻrtasida tashuvlar yuzasidan oshkora shartnomalar tuzilganligini tasdiqlovchi qat’iy hisobda turadigan hujjat (VMning 4.11.2003 yildagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan  Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalarining 6-bandi, 8-хatboshi).

 

 

Toʻlov olish uchun yoʻlovchi keltirilgan zararni qoplash talab qilingan da’vo bilan tashuvchiga yoki sugʻurtalovchiga murojaat qilish huquqidan foydalanishi kerak.

 

 

Qonunda sugʻurta hodisasi roʻy berganda taqdim qilinadigan hujjatlarning toʻliq roʻyхati keltirilgan. Sugʻurtalovchilar boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emas.

 

 

Sugʻurtalovchi oʻz navbatida holatlar sabablarini va yoʻlovchiga keltirilgan zarar miqdorini aniqlash  uchun hodisani shaхsan tekshirishi mumkin. U huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar, tibbiyot, seysmologik, veterinariya, gidrometeorologiya va boshqa tashkilotlardan soʻrov yuzasidan aхborot olishga haqli.

 

 

Sugʻurtalovchi toʻlash yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisida 15 kun mobaynida qaror chiqaradi. Rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi kerak.

 

 

Toʻlovlar miqdori  tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlovlar jadvaliga muvofiq belgilanadi, uning matni bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

 

Masalan, agar YTH holatida yoʻlovchining bitta bilagi (diafiz) sinsa, zararni qoplash miqdori sugʻurta summasining 10 foizini, ya’ni MB kursi boʻyicha 1 000   AQSh dollarini tashkil qiladi.

 

 

Jabrlanuvchi yoki naf oluvchiga pul mablagʻlari sugʻurtalovchi tomonidan qoplash toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay toʻlanishi lozim.

 

Yelena YeRMOXINA, 

    ekspert-yuristimiz.