? Menga Toshkent viloyatida yer uchastkasi bor uy meros boʻlib qoldi. Men u yerda propiska qilinmaganman – mening nogiron akam propiska qilingan. Uy va yer maydoni ikkovimizga teng ulushda notarial tarzda rasmiylashtirilgan. Ikkalamiz ham pensionerligimizni hisobga olgan holda, biz qanday soliqlar toʻlashimiz lozim. Men propiska qilingan asosiy mol-mulk boʻyicha soliq imtiyozidan foydalanaman. Bizda yer soligʻi boʻyicha imtiyoz bormi?
–Agar mol-mulk bir nechta mulkdorning ulushli mulkida boʻlsa, soliqni ularning har biri ushbu qurilmalar, joylar va inshootlardagi oʻz ulushiga mutanosib ravishda toʻlaydi (SKning 277-moddasi).
Vasiy singil, pensioner sifatida propiska joyi boʻyicha mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozdan foydalanganda, meros boʻlib qolgan mol-mulkdan mol-mulk soligʻi toʻlashi lozim, chunki imtiyoz mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’yektiga taalluqli boʻladi (SKning 275-moddasi).
Soliq kodeksining 275-moddasi 5-bandiga binoan pensionerga mulk huquqida tegishli boʻlgan mol-mulkka (turar joy, dala hovli va boshqa qurilishlar) soliq solinmaydigan hajm – 60 kv.m. doirasida mol-mulk soligʻi solinmaydi.
Shuning uchun nogiron aka, pensioner sifatida unga mulk huquqida tegishli boʻlgan maydonning soliq solinmaydigan minimumidan ortiq hajmdan, ya’ni 60 kv.m.dan ortiq hajmdan mol-mulk soligʻi toʻlaydi.
Imtiyoz huquqini tasdiqlash uchun soliq inspeksiyasiga pensiya guvohnomasini taqdim qilish lozim.
Soliq kodeksining 275-moddasi bilan koʻzda tutilgan imtiyozlar jismoniy shaхslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoхud yuridik shaхsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish ob’yektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi (SKning 275-moddasi).
Shuningdek ikkalangiz ham mulk huquqida yer uchastkalariga ega jismoniy shaхs sifatida yer soligʻini toʻlashingiz kerak (SKning 287-moddasi). Soliq solish boʻyicha imtiyozlar koʻzda tutilmagan, chunki siz yolgʻiz pensionerlar hisoblanmaysiz (SKning 290-moddasi, 5-band).
Agar sizning akangiz I yoki II guruh nogironligiga ega boʻlsa, u holda soliq inspeksiyasiga pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasini taqdim etgan holda I yoki II guruh nogironi sifatida mol-mulk va yer soliqlarini toʻlashdan ozod qilinishi mumkin (SKning 275-moddasi, 6-bandi va SKning 290-moddasi, 4-bandi).
N.Zuyeva, «NTV» eksperti